• JAHON ISH KUCHI BOZORI
  • JAHON KAPITALLAR BOZORI
  • JAHON MASHINALAR VA USKUNALAR BOZORI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet386/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAHON IQTISODIYOTI — xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
    JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUVI - jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
    JAHON ISH KUCHI BOZORI — ish kuchining oldi-sotdisi bo‘yicha muntazam, barqaror operatsiyalarni amalga oshiruvchi xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasi. J.i.k.b. mehnat resurslari joyini o‘zgartirish, xalqaro ko‘lamda ularning mehnatga bo‘lgan qobiliyatini realizatsiya qilishni ko‘zda tutadi. Xalqaro ish kuchi migratsiyasi jarayoni uning joyini o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum milliy cheklanishlar, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, tarixiy va boshqa faoliyat omillarining ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
    JAHON KAPITALLAR BOZORI — kapitalni eksport va import qilish bo‘yicha sistematik (tizimli) va barqaror operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro ayirboshlashning muhim sohasi. Tadbirkorlik va ssuda kapitali ushbu operatsiyalarning ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. J.k.b. sub’ektlari ayrim tadbirkorlar, firmalar, moliyaviy va bank muassasalari, ayrim davlatlar va xalqaro tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK) bo‘lishi mumkin. J.k.b. muhim tashkiliy-iqtisodiy shakli fond birjasi hisoblanadi, uning yordamida investitsiyalar va kapitallar o‘zgarishi, sh. j. mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladi.
    JAHON MASHINALAR VA USKUNALAR BOZORI - mahsulot, xizmatlar va mashinasozlikning oldi-sotdisi bo‘yicha barqaror tizimli operatsiyalarni tavsiflovchi xalqaro savdo sohasi. J.m.u.b. ma’lum mahsulot turlarining muhim tovarlar bozori, oshirilgan dinamiklar bo‘yicha farq qiladi, bu esa ko‘p tomondan ushbu tovarlar turining xususiyati bilan taqozo etiladi (tayyorlovchilar sonining ko‘pligi, bajarish va qo‘llashning ko‘p variantligi, foydalanish sohalarining har xilligi va h.k.). Bu kon’yukturaning tashkil bo‘lish xususiyatiga, sh.j. J.m.u.b. baholariga, undagi mavjud iqtisodiy, tijorat axborotiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p sonli firmalar tegishli buyumlar va xizmatlar eksportyorlari va importyorlari, xalqaro kompaniyalar va TMK J.m.u.b. sub’ektlari hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.