|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 385/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAHON FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI — milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning muhim ob’ektiv omili. Ishlab chiqarishning intensivlashuvi sharoitlarida J.f.t.t. roli ancha o‘sib bormoqda. FTT umuman ijtimoiy mehnat unumdorligi oshishi, jamiyat xalq farovonligi va xizmatlarning ko‘payishi zarur shart-sharoitini tashkil etadi. Ijtimoiy ehtiyojlar va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan taqozo etiladi. Iqtisodiy ma’noda J.f.t.t. ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasining yangi sifati, Xalqaro Mehnat Taqsimotining chuqurlashuvchi, barqaror va ko‘lamli jahon xo‘jalik aloqalarining tashkil topishi bilan bog‘liq. Bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga va uning proporsiyalariga, uning internatsional xarakterining kuchayishiga bevosita ta’sir etishni ko‘zda tutadi, bu esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyotning har tomonlama o‘zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq ekanligi bilan taqozo etiladi.
Hozirgi sharoitlarda J.f.t.t. roli ayrim mamlakatlar hududlarining rivojlanishida nihoyat darajada katta ahamiyat kasb etmoqda, bu jahonshumul muammolar bilan bog‘liq. Ularni yechish uchun talab etiladigan fan-texnika vazifalari ko‘lamlari, vositalar hajmlari, resurslarni xalqaro kontsentratsiyalashning zarurligi xo‘jalik va ijtimoiy rivojlanishda J.f.t.t. ning o‘rni va roli belgilanadi. J.f.t.t. yutuqlaridan foydalanish joriy va perspektiv masalalarni yechishga mo‘ljallangan moddiy, mehnat, tabiiy resurslarni ancha qisqartirish imkonini beradi. J.f.t.t. doirasida internatsional asosda yangi yo‘nalishlarni va tabiat qonunlari hamda kuchlaridan foydalanish usullarini realizatsiya qilish, fundamental va qidiiruv tadqiqotlarini amalga oshirish uchun shartsharoit yaratiladi. Shu kabi ishlanmalar ayrim tarmoqlar, sektorlar, milliy iqtisodiyotlar doirasi bilan cheklanib qolishi mumkin emas. Maqsadli ilmiy-tadqiqot va tarmoq hamda xalqaro tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan amaliy ishlanmalar xarajatlar hajmi va ishlab chiqarishga ilmiy natijalarni joriy etish vaqtini ancha qisqartiradi, texnik texnologik va ekologik muammolarni hal etish imkonini beradi.
|
| |