• JAHON BANKI METODIKASI
  • JAHON BANKI – 1) Asos solingan sanasi: 1945 - yil 27 dekabr. A’zolari soni – 185 ta. O‘zbekiston 1992 yil a’zo bo‘lgan. Jahon banki




    Download 0,64 Mb.
    bet383/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAHON BANKI – 1) Asos solingan sanasi: 1945 - yil 27 dekabr. A’zolari soni – 185 ta. O‘zbekiston 1992 yil a’zo bo‘lgan.
    Jahon banki – rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy va texnik ko‘makni tashkil etish maqsadida tuzilgan xalqaro moliyaviy tashkilotdir. Jahon banki o‘zining rivojlanish jarayonida turli tuzilmaviy o‘zgarishlarga uchradi, shu sababli Jahon banki atamasi ostida turli bosqichlarda turli tashkilotlar tushunildi. Dastlab Jahon banki sifatida harbiy Yevropa va Yaponiyaga Ikkinchi Jahon urushidan keyingi moliyaviy ko‘mak berish va qayta tiklashni amalga oshirgan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki ko‘rilgan bo‘lsa, 1960 - yil Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi tuzildi va natijada hozirda Jahon banki deganda aslida ushbu ikki tashkilot tushuniladi. Keyinchalik ushbu ikki tashkilotga yana uch tashkilot ham qo‘shildi: Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik, Investitsion bahslarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz. Ushbu 5 tashkilot Jahon banki tashkiloti guruhi deb nomlanadi.
    Jahon bankining faoliyat maqsadi – barcha aholi qatlamlari manfaatlari yo‘lida barqaror globallashuviga, qashshoqlik miqyoslarini qisqartirishga, iqtisodiy o‘sishni atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda tezlashtirishga ko‘maklashish, shuningdek insonlarga yangi imkoniyatlarni yaratish va ularga umid baxsh etishdir; 2) J.b. – 1945 yilda Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya instituti bo‘lib, o‘z faoliyatini 1946 - yil 25 iyunda boshlagan.
    JAHON BANKI METODIKASI - dunyo mamlakatlari operatsion va tahliliy maqsadlar uchun iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra turli guruhlarga ajratiladi va ushbu tasnif asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad ko‘rsatkichi yotadi.
    JAHON BITIMI — u orqali ikki tomon o‘rtasida amal qiluvchi bahs-munosabatlarini bartaraf etuvchi bitim.
    JAHON BOZORI - 1) xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanuvchi iqtisodiy hamkorlikni xilma-xil shakllari bilan o‘zaro bog‘langan mamlakatlar o‘rtasidagi muntazam oldi-sotdi munosabatlari; 2) J.b. — bir-biri bilan savdoiqtisodiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim mamlakatlarning milliy bozorlari majmui. Xalqaro mehnat taqsimotining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamraydi. J.b. tarixan jahon kapitalistik bozori sifatidagi kapitalistik ishlab chiqarish usuli bazasida tashkil topgan. J.b. rivojlanish istiqboli olamshumul muammolarni yechishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni yaratish, barcha mamlakatlar tomonidan xalqaro mehnat taqsimotining o‘zaro foydali ustunliklaridan foydalanish bilan uzviy bog‘liq; 3) J.b. turli mamlakatlar davlatlari, firmalari va aholisi o‘rtasida amalga oshadigan eksportimport munosabatlari. Jahon bozori uzoq tarixga ega. Uning to‘la shakllanishi kapitalizmning shakllanishi bilan bog‘liq. Jahon bozorining asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi; 4) J.b. — xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    JAHON BANKI – 1) Asos solingan sanasi: 1945 - yil 27 dekabr. A’zolari soni – 185 ta. O‘zbekiston 1992 yil a’zo bo‘lgan. Jahon banki

    Download 0,64 Mb.