|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 379/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHTIROK ETISH SERTIFIKATI — 1) Odatdagi Aksionerning huquqlari yo‘qligi tufayli kompaniya kapitalida ishtirok etish uyg‘unlashtiriluvchi qimmatli qog‘oz (misol, Aksionerlarning umumiy majlislarida ovoz olish huquqi); 2) egasining investitsiya yoki ipoteka pulda ishtirok etishini tasdiqlovchi sertifikat.
ISHCHANLIK O‘YINI — aniq vaziyatda iqtisodiy masalalarni hal etishning eng yaxshi usullarini topish yo‘llaridan bittasi. Ishchanlik o‘yini qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun har xil o‘xshash vaziyatlar, sharoitlar va qoidaga rioya qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchanlik o‘yini raqobat kurashida tovar ishlab chiqaruvchilarning omon qolishi muhim vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Assotsiatsiya vakillari, kontsernlar, aksioner korxonalar ishchanlik o‘yini jarayonida bozordagi vaziyatni, hududlar xususiyatlarini, kon’yunkturani, narx dinamikasini (raqobatlashish shartlarini) yaxshi biladilar. Ishchanlik o‘yini ishtirokchilari mavjud dastlabki ma’lumotlarga qarab harakat qilish usulini tanlaydilar va tavsiya qilinadigan masalalarni taqqoslash yo‘li bilan variantlarni baholaydilar. Agarda ushbu masalalar ayrim ishtirokchilar tomonidan asosli inkor etilsa, unda ishchanlik o‘yini davom etadi. Yangi modelga qo‘shimcha yoki o‘zgargan axborot kiritiladi. Bu holat barcha o‘yin ishtirokchilari qabul qilingan masalalarni tasdiqlamaguncha davom etaveradi. Ishchanlik o‘yinini o‘rganishni tadbirkorlarni tayyorlovchi menejment maktablari, iqtisodiy oliygohlar o‘tkazadilar.
ISHCHI GURUH — bitta tarmoq bilan birbiriga ulangan kompyuterlar yig‘indisi. Ushbu atama odatda bitta tashkilot doirasida bir-biriga o‘xshash operatsiyalarni bajaruvchi personal kompyuterlar guruhini ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, marketing yoki reklama agentligida savdo bo‘limi, butun ishlab chiqarish bo‘limi, alohida tadqiqotchilar yoki reklama xabarlari matnlari mualliflari muayyan miqdori ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin.
ISHCHI KUCHI – 1) kishilarning mehnat qila oladigan aqliy va jismoniy qobiliyati; 2) I.k. - insonning mehnat qilishiga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi.
|
| |