|
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI SMETASI -
|
bet | 376/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI SMETASI - o‘z xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar uchun mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va nosanoat xarakteridagi xizmatlar ko‘rsatishning pulda ifodalangan birlashma, korxonaning umumiy yig`ma rejali xarajatlari.
ISHLAB CHIQARISH YOKI IQTISODIY HAYOTNING BAYNALMINALLASHUVI – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARI — bu, korxona tasarrufida bo‘lgan, ammo ishlab chiqarish jarayoniga kiritilmagan moddiy resurslardir. Xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi mahsulotlar, idishlar, joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, qimmat bo‘lmagan va tez yeyiluvchi buyumlar ana shular sirasiga kiradi. Ishlab chiqarish zahiralarida bo‘lgan resurslar ro‘yxati asosiy ishlab chiqarish texnologiyalari va tayyorgarlik ishlab chiqarishi bo‘linmalari imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini yaratishdan ko‘zlangan maqsad — ehtiyot qismlar va materiallarga ehtiyoj paydo bo‘lishi va ularning iste’mol qilinadigan joyga kelib tushishi o‘rtasidagi vaqtda ta’mirlash va ekspluatatsiya jarayonlari uzluksizligini ta’minlash, ya’ni ishsiz turib qolishlar va ish vaqtini yo‘qotishlarni qisqartirishdir. Shu sababli joriy, tayyorgarlik, sug‘urta, transport va mavsumiy zahiralar ajratib ko‘rsatiladi. Joriy zahira ishlab chiqarish jarayonini zarur resurslar bilan operativ ta’minlash uchundir. Tayyorgarlik zahirasi resurslarni ishlab chiqarishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan vaqtning o‘rnini qoplash uchun yaratiladi. Sug‘urta zahirasi ishlab chiqarish bo‘linmalarida ularning sodda ko‘rinishlarining grafikdan rejalashtirilmagan chetga og‘ishlar ro‘y bergan taqdirda ishlab chiqarishni resurslar bilan ta’minlaydi. Transport zahirasi — hisobga olish momentida transportirovka jarayonida bo‘lgan zahiralardir. Mavsumiy zahira — basharti, agar ishlab chiqarish (masalan, yilda faqat bir necha oy mobaynida parvozlar) yoki aylanma mablag‘larni yetkazib berish (masalan, faqat navigatsiyada) yaqqol ifodalangan mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa, tashkil qilinadi. Mavsumiy zaxira kattaligini bir necha yillar asosida mavsumiy tanaffus nihoyasiga yetganidan keyin oxirgi yetkazib berishning eng ertachi sanasidan to birinchi yetkazib berishning eng kech sanasigacha bo‘lgan vaqt davomiyligi belgilaydi.
|
| |