• ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK USULI
  • ISHLAB CHIQARISH VAQTI
  • ISHLAB CHIQARISHGA TAYINLANGAN TOVARLAR BOZORI




    Download 0,64 Mb.
    bet374/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISHLAB CHIQARISHGA TAYINLANGAN TOVARLAR BOZORI — bu sub’ektlar — bozor munosabatlari ishtirokchilari nuqtai nazaridan boshqa tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanadigan, ijaraga sotiladigan, topshiriladigan yoki boshqa iste’molchilarga beriladigan tovarlar va xizmatlarni harid qiluvchi shaxslar va tashkilotlar jami. I.ch.t.t.b. - keng iste’mol tovarlari bozoridan farq qiluvchi asosiy xususiyatlari quyidagilar: unda sotib oluvchilar kam; bular kam sonli yirik sotib oluvchilar; ular geografik jihatdan kontsentratsiya qilingan; ishlab chiqarishga tayinlangan tovarlarga bo‘lgan talab oqibat-natijada keng iste’mol buyumlari tovarlariga bo‘lgan talab bilan aniqlanadi; ishlab chiqarish uchun tayinlangan tovarlarga bo‘lgan talab kam elastiklikka ega; ishlab chiqarish uchun tayinlangan tovarlarga bo‘lgan talab keskin o‘zgaradi: ishlab chiqarish uchun tayinlangan tovarlarni sotib oluvchilar professionallar hisoblanadi va h.k.
    ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK USULI – mehnat vositalari, materiallar, texnalogiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
    ISHLAB CHIQARISHNING UMUMIY SAMARASI – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat.
    ISHLAB CHIQARISH USULI — 1) ishlab chiqaruvchi kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari birligi. I.ch.u. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning yadrosi hisoblanadi, uning tubdan farq qiluvchi xususiyatlarini ifodalaydi. I.ch.u. - almashinishi jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishining ob’ektiv yo‘nalishi, ishlab chiqarish munosabatlariniki ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va xarakteriga mos kelish qonuni bilan taqozo etiladi; 2) I.ch.u. – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri; 3) I.ch.u. – jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari yaxlitligining muayyan darajasi.
    ISHLAB CHIQARISH VAQTI – bu kapital ishlab chiqarish sohasida band bo‘ladigan vaqtdir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISHLAB CHIQARISHGA TAYINLANGAN TOVARLAR BOZORI

    Download 0,64 Mb.