|
ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH
|
bet | 370/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH - ishlab chiqarish jarayonlarining turli bosqichlarida xalq xo‘jaligi turli tarmoqlari, korxonalar o‘rtasidagi tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakli va uni ratsional tashkil etish. I.ch.i.- ishlab chiqarishni kooperatsiyalash bilan uzviy bog‘liq. Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish mahsulot va texnologik jarayonning bir xilligi, alohida asbob uskunalar va tegishli mutaxassis kadrlar bilan xarakterlanadi.
ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHUVI VA KOOPERATSIYALASHUVI – tayyor mahsulot, yarim fabrikatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishda yoki ishlab chiqarish – texnologik jarayonning ma’lum bosqichlarida ayrim mamlakatlarning firma, birlashma va korxonalarning ixtisoslashuvini taqozo etuvchi xalqaro mehnat taqsimotining shaklidir.
ISHLAB CHIQARISH (real) INVESTITSIYASI – korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o‘sishiga ya’ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatini o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo‘luvchi xarajatlardir.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI – 1) kishilarning maqsadini ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan qiymatning o‘sishi jarayonidir; 2) I.ch.j. - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratish; 3) I.ch.j. - kishilarning iste’molga noloyiq xom-ashyolarni iste’molga loyiq mahsulotlarga aylantirish va shu asnoda tovar xo‘jaliklarida tovarlar qiymatlarini ko‘paytirish jarayoni; 4) I.ch.j. - kishilarning muayyan maqsadga qaratilgan iste’mol uchun noloyiq ne’matlarni iste’molga loyiqlashtirish, ya’ni iste’mol qiymatlari yaratish va qiymatlarni ko‘paytirish faoliyatining namoyon bo‘lishi.
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATSIYASI - uning ishtirokchilari mulki va shaxsan mehnati bilan ishtirok etishini birlashtirish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini hamkorlikda yuritish uchun a’zolik asosida fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi. I.ch.k. - ixtiyoridagi barcha mulk kooperativ nizomiga muvofiq uning a’zolari hissasiga bo‘linadi. I.ch.k. - mablag‘i yetmay qolgan uning a’zolari uni subsidiyalash majburiyatini oladi. I.ch.k.- tovarlar ishlab chiqarish, ish bajarish, korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga, fuqarolarga pullik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. Ular ishlab chiqarish, xarid qilish, qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish, ishlab chiqarish texnikaviy ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlar, xalq iste’moli tovarlari tayyorlash va ko‘plab boshqa sohalarda faoliyat qilish uchun tuzilmoqda va amal qilmoqda. I.ch.k. - xalq iste’moli tovarlari, ishlab chiqarish — texnika mahsuloti ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etishni xohlovchi barcha fuqarolar cheklanmagan tarzda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
|
| |