|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 369/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHLAB CHIQARUVCHI BOZORI - ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun tovarlar va xizmatlar sotib olinadigan tashkilotlar bozori.
ISHLAB CHIQARISH DASTURI – mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talablari asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks reja.
ISHLAB CHIQARISH DASTAGI (leverage, so‘zma-so‘z tarjimada ricag, dastak) – korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni o‘zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmi.
ISHLAB CHIQARISH DASTAGI HAJMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR - o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar summasi, sotish bahosi va hajmi, yuqoridagi omillar kombinatsiyasi.
ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - ishlab chiqarishni kengaytirish.
ISHLAB CHIQARISH FRANCHAYZINGI - muayyan mahsulotni tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur mahsulotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi. ISHLAB CHIQARISH HISOBI – ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlab beruvchi hisob turi.
ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarali o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi.
ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga temir va avtomobil yo‘llari, elektr, gaz va suv ta’minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo‘jaligi va boshqalarni oladi.
ISHLAB CHIQARISHNI INTENSIVLASH - eng samarali ishlab chiqarish vositalarini, mehnatni tashkil etishning ancha takomillashgan shakllarini hamda fan-texnika taraqqiyotining so‘nggi yutuqlarini mujassam etgan texnologiya jarayonlarini qo‘llash, mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish hisobiga ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirish va samaradorligini oshirish.
ISHLAB CHIQARISHNING INTERNATSIONALLASHUVI — har xil mamlakatlar korxonalari o‘rtasida bevosita mustahkam ishlab chiqarish aloqalari o‘rnatish, buning natijasida bir mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayoni internatsional yoki jahon ko‘lamida yuz beruvchi jarayonning tarkibiy qismiga aylanadi. I.ch.i.- shunga olib keladiki, har xil bosqichlardagi pirovard mahsulotni tayyorlashda jahonning ko‘pgina mamlakatlari korxonalari ishtirok etadilar. I.ch.i. - xalqaro ixtisoslashtirish va mehnat taqsimotini chuqurlashtirish natijasi hisoblanmish ishlab chiqarishni umumlashtirishning eng yuqori darajasini taqozo etuvchi ob’ektiv jarayondir.
|
| |