|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 368/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHBAY - MUKOFOT TIZIMI – bajarilgan ish uchun haq to‘lashni erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib borilishni nazarda tutuvchi tizimi.
ISHBAY–PROGRESSIV HAQ TO‘LASH TIZIMI – ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasiga ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan ta’rif bo‘yicha, me’yordan yuqori qismga oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
ISHBILARMONLIK MARKETINGI (ingl. V2V marketing) — ayirboshlashning har ikkala tomonini ham tashkilotlar ifoda etadigan marketing.
ISHGA YOLLASH - ish beruvchi bilan ish oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat. Uning mazmuni jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda ish beruvchi bilan ish oluvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi va u me’yoriy hujjat hisoblanadi. Unda ish beruvchi va ish oluvchining o‘zaro majburiyatlari bayon etilgan bo‘ladi.
ISHLAB CHIQARISH – 1) ma’lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati; 2) zaruriy tovarlar tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatish uchun tabiiy resurslar va materiallar bilan birga ishchi kuchi, jihozlardan foydalanish jarayoni yoki hayotiy ne’matlarni tayyorlash jarayoni.
ISHLAB CHIQARISHNING ASHYOVIY OMILI – barcha ishlab chiqarish vositalari.
ISHLAB CHIQARISH BAHOSI — qiymatning o‘zgargan shakli bo‘lib, uning asosida rivojlangan tovar-pul munosabatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida bozor baholari tashkil topadi. Oddiy tovar ishlab chiqarishda tovar bahosi pul ifodasidagi uning qiymatiga qattiq bog‘langan bo‘ladi. Bozor sharoitlarida xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlaridagi bir xil bo‘lmagan foyda me’yori kapital uzviy tuzilishidagi, ishlab chiqarish xarajatlari, tovarga bo‘lgan talab va taklifdagi farq natijasida foyda me’yori eng yuqori bo‘lgan tarmoqlarga kapitalning oqib kelishi orqali tartibga solinadi va tenglashtiriladi. Kapitalning shunday oqib kelishi natijasida bozorda o‘rtacha foyda me’yori, xarajatlar va o‘rta foyda me’yori asosida esa I.ch.b. tashkil topadi.
|
| |