|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 367/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISH KUCHLARI MIGRATSIYASI — mehnatga layoqatli aholining yashash va ishlash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir aholi punktidan boshqasiga ko‘chishi. Aholi ko‘chishini doimiy, uzoq muddatli, nisbatan qisqa muddatli va mavsumiy shakllarga bo‘lish mumkin. Bu har xil sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi.
ISH KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI - mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanishi maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishini bildiradi.
ISH NORMASI — muayyan sharoitda tegishli malakadagi bir yoki bir necha ishlovchi tomonidan vaqt birligida ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulot (ish) va ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori.
ISH VA OB’EKT SIFATINING PASTLIGI RISKI - pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha xarajatlar qilish kerak bo‘ladi.
ISH VAQTI – 1) mehnat huquqida kalendar vaqtining bir qismi, bu vaqt mobaynida ishchi yoki xizmatchi o‘ziga ko‘rsatilgan joyda topshirilgan ishini yoki boshqa ish majburiyatlarini bajarishi kerak. Bir haftalik ish vaqti 40 soatdan oshmasligi lozim; 2) I.v. — qonunga muvofiq belgilangan vaqt bo‘lib, mehnatchi korxona, muassasa va tashkilotda o‘z mehnat burchlarini shu vaqt ichida bajarishi kerak mehnat qiluvchining ijtimoiy uyushgan mehnatda ishtirok etish muddati; I.v.- ish kuni, ish daftari, oy, yil davomida ishlangan vaqtning qancha davom etganligi bilan o‘lchanadi. I.v.- jamiyatdagi sotsial mohiyati hukmron ishlab chiqarish munosabatlarining xili bilan belgilanadi. I.v.- zarur va qo‘shimcha vaqtga bo‘linadi.
ISH YURITISH - bu tashkilotlar o‘z faoliyati va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasi tushuniladi.
ISHBAY ISH HAQI – 1) ish haqining miqdori mahsulot birligi uchun belgilanadigan to‘lovga muvofiq tayyorlanadigan mahsulotni soniga bog‘lik bo‘lishini nazarda tutadi; 2) I.i.h. - ishlab chiqargan mahsulot miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir; 3) I.i.h. - mehnat jarayonida xodimning malakasi va mehnatining sifatini e’tiborga olgan holda ishchi sarflayotgan energiya miqdori ishchining ishlab chiqargan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishining ko‘lami vositasida o‘lchanib aniqlangan ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi.
|
| |