• ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI
  • ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI MARKETINGI (ingl. Marketing of means of production)
  • ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI NISBATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet375/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI — moddiy ne’matlarni yaratish uchun foydalaniladigan mehnat buyumlari va mehnat vositalari majmui. I.ch.v. fondlar shaklida yuzaga chiqadi va ishlab chiqarishning moddiy omillarini tashkil etadi. Fan texnika taraqqiyoti natijasida I.ch.v. da miqdor va sifat o‘zgarishlar sodir bo‘lib boradi.
    ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI - tovarlar shaxsiy iste’mol uchun emas, balki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tayinlangan bozor. I.ch.v.b.- tabiiy resurslar, uskunalar, stanoklar, xom ashyolar, ishlab chiqarish binolari, yo‘llar, inshootlar va h.k. kiradi. Bular savdo tashkilotlari vositachiligi, auksion, yarmarka almashish bitimi va h.k. orqali realizatsiya qilinadi.
    ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI MARKETINGI (ingl. Marketing of means of production) — sanoat iste’molchisiga sarf-xarajatlarni kamaytirishga va mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalari yangi turlarini izlab topishga yo‘naltirilgan marketing.
    ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI VA RESURSLAR BOZORI – ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan narsalar bozori bo‘lib, unda ulgurji savdo-sotiq olib boriladi.
    ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - 1) tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan iborat; 2) I.ch.x. — mahsulot ishlab chiqarish bilan (ishlab chiqarish xizmati ko‘rsatish bilan) bog‘liq bo‘lgan jami xarajatlar. Buxgalteriya va statistika hisobotida tannarx sifatida ifodalanadi. O‘z ichiga moddiy xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari, ish haqi xarajatlari, joriy oborot mablag‘larni moliyalash uchun foydalanadigan qisqa muddatli kredit foizlarini oladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini tejash foyda va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
    ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI NISBATI — bitta mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayishining boshqa mahsulot hajmi ko‘payishiga bo‘lgan nisbati, bu birinchi ishlab chiqarish resurslari ikkinchi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tkazilganda yuz beradi; boshqa ishlab chiqarish hajmi bir birlikka oshganda bitta mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqaradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.