|
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BAHOSINING TENGLASHUVI NAZARIYASI (Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi)
|
bet | 373/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BAHOSINING TENGLASHUVI NAZARIYASI (Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi) - xalqaro savdo ushbu savdoda ishtirok etuvchi mamlakatlardagi gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxining tenglashishiga olib keladi.
ISHLAB CHIQARISH RISKI – 1) bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon bo`ladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zahiralarining yetishmasligi, xom-ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom-ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo‘ladi; 2) I.ch.r.- korxona tomonidan o‘z ishlab chiqarish rejasi bajara olmaganligi, korxona ishchi, texnika vositalari, asosiy va aylanma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanmaslik natijasida ishlab chiqarish hajmining pasayishi, material va boshqa xarajatlarning ko‘payishi, soliq va to‘lovlarning ortishi, inshootlarning buzilib ishdan chiqishi natijasida yuzaga keladi. Buning oqibatida boshqa korxonalar oldidagi mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarini ham bajara olmaydi; 3) Ishlab chiqarish tavakkali — korxona xo‘jalik faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqarish tavakkali deyilganda odatda buyurtmachi bilan kontrakt yoki shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining korxona tomonidan bajarilmasligi ehtizmoli (tahdidi), tovarlar va xizmatlar realizatsiyasidagi tavakkallar, narx siyosatidagi xatolar, bankrotlik tavakkali tushuniladi. Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida quyidagi tavakkallarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) ushbu texnologiyada zarur bo‘lgan materiallar, butlovchi detallar va boshqa birlamchi materiallarni yetkazib berishga shartnomalar tuzish iloji bo‘lmasligi tufayli korxonaning butunlay to‘xtab qolish tavakkali; 2) mahsulot yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar barbod etilishi tufayli birlamchi materiallarni oxirigacha ololmaslik tavakkali, shuningdek, oldindan to‘lov shaklida mahsulot etkazib beruvchiga hisoblab o‘tkazilgan pul mablag‘lari qaytarilmasligi tavakkali; 3) ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarni realizatsiya qilishga shartnomalar tuzilmasligi tavakkali, ya’ni butunlay yoki qisman realizatsiya qilinmaslik tavakkali; 4) xaridorning olingan yoki haqi to‘langan mahsulotdan voz kechish tavakkali yoki qaytarish tavakkali; 5) korxona tomonidan realizatsiya qilinayotgan mahsulotlar va xizmatlarga narx tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan narx belgilash tavakkali, shuningdek, zarur ishlab chiqarish vositalari, foydalanilayotgan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, ishchi kuchi va kapitalga (kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari ko‘rinishida) narxlar belgilashdagi tavakkallar; 6) shikastlanish natijasida uskunalar to‘xtab qolishi tavakkali; 7) moddiy resurslar buzilishi tavakkali; 8) mahsulot sifati va iste’mol xossalarini baholash o‘zgarishi natijasida tovar likvidligi tavakkali.
|
| |