• ISHLAB CHIQARISH BO‘LINMALARI
  • ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI
  • ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet371/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - 1) Ishlab chiqarishning shaxsiy (ish kuchi) va moddiy (ishlab chiqarish vositasi) omillarining yig‘indisi va o‘zaro ta’siri; 2) I.ch.k. - insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini, tabiat kuchlari va hodisalarini tobora ko‘proq jilovlab olishni bildiradi; 3) I.ch.k. - ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malakaga, tajribaga ega bo‘lgan kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topgan; 4) I.ch.k. -ishlab chiqarishning shaxsi va moddiy omillar, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi; 5) I.ch.k. - ishlab chiqarish moddiy (ishlab chiqarish vositalari) omillari bilan shaxsiy omillari yaxlitligi.
    ISHLAB CHIQARISH BO‘LINMALARI - birinchi (ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi) va ikkinchi (iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi) bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
    ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy iste’mol qilinishi.
    ISHLAB CHIQARISH KARTELI - bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan bir nechta korxonalar o‘rtasida raqobat tavakkalchiligini cheklash va tugatish maqsadida tuzilgan bitim.
    ISHLAB CHIQARISH KUCHLAR - jamiyat ishlab chiqarishining moddiy va shaxsiy omillari yaxlitligi.
    ISHLAB CHIQARISHNING MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI - yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad kabilar.
    ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora- tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob- uskunalarni chiqarib; zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.