|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 381/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ICHKI INVESTITSIYA – mamlakat ichida turli shakldagi kapitallar qo‘yilishi.
ICHKI MAKROIQTISODIY TARTIBGA KELTIRISH – ichki soliq va pul siyosatini olib borishdir.
ICHKI MANBA (ingl. Internal sourse) — tashkilot (kompaniya, firma) ichida bo‘lib turgan marketing axboroti manbai.
ICHKI MARKETING (ingl. Intertal marketing) — bevosita mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi personalning o‘qitilishi va samarali motivatsiyasini izlashga asosiy e’tibor qaratiladigan xizmat sohasini tashkillashtirish marketingi.
ICHKI MILLIY MAHSULOT – 1) bir yil davomida mamlakatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati. 2) muayyan mamlakatda yil davomida yaratilgan, shu mamlakatga tegishli bo‘lgan va shu mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlarning qiymat ifodasi.
ICHKI MIGRATSIYA — ishchi kuchining bir mamlakat (hudud/rayon) miqyosida harakatlanishi.
ICHKI REGLAMENT — Angliya va AQShda Aksioner jamiyat ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladigan hujjat. I.r. kompaniya a’zolari o‘rtasidagi shartnoma sifatida qaraladi va jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ichki munosabatlar tartibga solinadi: paylarni taqsimlash va berish tartibi, kapital hajmlarini o‘lchash, umumiy majlislar o‘tkazish, ovoz berish, direktorlarni tayinlash va ularning vakolatlari va h.k. Jamiyatning boshqa munosabatlari hujjatkompaniya memorandumi bilan tartibga solinadi. Memorandum qarorlari va I.r. qarorlari mos kelmagan holatda ustunlik memorandum qarorlariga beriladi.
ICHKI RISKLAR - korxonaning asosiy va yordamchi faoliyatidagi yo‘qolishlarga bo‘linadi. Birinchisi, o‘zida eng keng tarqalgan risklar guruhi bo‘lmish asosiy ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha risklarni aks ettiradi. Ikkinchisi, kredit, foiz, valuta va bozor, yangi faoliyat turi bo‘yicha risklarni qamrab oladi.
ICHKI SAVDO (ingl. domestic trade) — mamlakatning ichki bozorida tovarlar oldisotdisi va xaridorlarga xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatning bir turi. Ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi; mamlakat va xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosiga ham ajratiladi. Maxsus jihozlangan va savdo olib borish uchun mo‘ljallangan inshootlarda joylashgan statsionar — muqim savdo tarmog‘ida (universal, ixtisoslashtirilgan do‘konlar, kombinatsiyalangan, shuningdek, tovarlar aralash assortimenti uchun mo‘ljallangan do‘konlarda) va qo‘lda tashib beriladigan, transportda tashib beriladigan, posilka bilan jo‘natiladigan va (yoki) elektron savdo tamoyinlari ish yurituvchi nostatsionar — muqimmas savdo tarmog‘i orqali ham amalga oshiriladi.
Ichki savdoning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotiga ikki xildagi ta’sir o‘tkazadi. Ichki savdoning ijobiy roli shundaki, jamiyatning moddiy ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qanoatlantirishga imkoniyat yaratib beradi, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi, pul kapitali aylanma muomalasini ta’minlaydi, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Ayni mahalda ichki savdoning salbiy — negativ roli “arzonroq sotib olish — qimmatroq sotish” tamoyili hukmronlik qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki savdo mamlakat ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini har doim ham himoya qilavermaydi, bu narsa ayniqsa sotuvchilar yanada arzon, ba’zida sifati yomon, ammo xorijda ishlab chiqarilgan import tovarlarni afzal ko‘rganida shunday bo‘ladi. Iste’molchiga nisbatan monopol mavqega ega bo‘lgan ichki savdo ishlab chiqaruvchilarga tazyiq o‘tkazishi, ularni narxlarni pasaytirishga, shu jumladan, tannarxdan ham pastroq narx tayinlashga majbur qilishi ham mumkin. Yangi kimyoviy birikmalar, inson salomatligi uchun zarari 80 % idan ko‘prog‘ida hali o‘rganilmagan birikmalar paydo bo‘lgan bir sharoitda ichki savdo tovarlari assortimentining kengaytirilishi u yoki bu tovarning zararli ta’siri faqatgina ma’lum vaqtdan keyin, hatto bir necha yillardan so‘ngra his etishi mumkin bo‘lgan iste’molchilar manfaatlarini muhofaza qilishni kafolatlay olmaydi ham. Bunda so‘z, albatta, oziqa qo‘shimchalari, maishiy kimyoning tarkibida xlor bo‘lgan moddalari, shuningdek, elektr maishiy texnika, kompyuter va radio texnika va boshqalar tomonidan bo‘ladigan elektromagnit nurlanishi xususida bormoqda. Bundan tashqari, ichki savdo naqd pul olinishi bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli unda yashirin iqtisodiyotning, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlarning salmoqli qismi shakllanadi va ro‘y beradi.
|
| |