|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 378/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHONCHLILIK — aktivning xavf xatarlarga qarshi tura olishidir.
ISHSIZLIK – 1) aholi mehnatga yaroqli qismining o‘ziga ish topa olmay qolishi, mehnat zahira armiyasiga aylanishi; 2) iqtisodiy jihatdan aktiv (faol) aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay “ortiqcha” bo‘lib, mehnat zahirasida qolish hodisasi; 3) I. — ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanib, bunda mehnatkashlarning bir qismi o‘ziga ish topa olmaydi, nisbiy aholi ortiqchaligi va mehnat zahira armiyasini tashkil etadi. I. iqtisodiyotning nobarqarorligi, jamiyatdagi milliy va boshqa munosabatlarning o‘tkirlashuvi, siyosiy kuchlar tengsizligi, aholini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimining va bandlik sohasida davlatning aktiv siyosati yo‘qligi va h.k. bilan taqozo etiladi. Ishsizlikning turli xil shakllari mavjud: yashirin — bu qishloq xo‘jaligi uchun xarakterli, har xil sabablarga ko‘ra sanoat va davlat apparatida ham vujudga kelishi mumkin; friktsion — bu mehnat bozori texnik faoliyatining takomillashmaganligi, ish joyining mavjudligi to‘g‘risida axborotning yo‘qligi va boshqa texnik sabablar bilan taqozo etiladi; mavsumiy — ayrim tarmoqlar ishlab chiqarish hajmidagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan taqozo etiladi, bu qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlari, hunarmandchilik va h.k. ma’lum turlarida mavjud bo‘ladi va faqat ma’lum mavsum davomida bandlik ta’minlanadi; tuzilmaviy — bu ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi, jinsi, yosh xususiyatlari, millati, malakasi va boshqa shaxsiy xususiyatlariga qarab ish topa olmaslik imkoniyati bilan bog‘liq texnologik (o‘zgaruvchan) — bu odamlarni mashina bilan almashtirish natijasida vujudga keladi, ammo bozor hajmining o‘sishi bilan bandlik ham o‘sadi; 4) I. mehnatga layoqatli, ishlashni xohlaydigan ishchining ish bilan ta’minlanmaganligi.
ISHSIZLIK DARAJASI – 1) ishsizlarning ishchi kuchi tarkibida foizli nisbati; 2) I.d. ishsizlar sonining ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizlardagi ifodasi.
ISHSIZLAR – 1) 16 yoshdan boshlab to pensiyaga chiqish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘rishga va ish haqi (mehnat daromadlariga) ega bo‘lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga, kasb-kor tayyorgarligidan o‘tishga tayyor shaxs sifatida ish bilan ta’minlash, davlat xizmatlarida ro‘yxatga olingan va shu xizmatlar maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslardir; 2) mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlamagan ishchi kuchi.
|
| |