• ISHLAR (XIZMATLAR) TANNARXI
  • ISHLAB CHIQARISHNING SHAXSIY OMILI




    Download 0,64 Mb.
    bet377/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISHLAB CHIQARISHNING SHAXSIY OMILI – insonning mehnat qilishga bo‘lgan jismoniy va intellektual (aqliy) qobiliyatlari majmui sifatidagi ishchi kuchidir.
    ISHLAB CHIQARUVCHI — foyda olish maqsadida tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona.
    ISHLAR – qurilish, ta’mirlash, binoni, inshoat va ob’ektlarni buzish yoki ta’mirlash bilan bog‘liq faoliyat turlari, shuningdek, guruntlarni qazish, yangidan qurish, jihozlash, montaj uchun qurilish maydonlarini tayyorlash va boshqa qurilish ishlari (masalan, geodeziya va burg‘alash bo‘yicha ishlar, aerova sun’iy yo‘ldosh orqali sur’atga olish, seysmik tadqiqotlar o‘tkazish (agar ushbu xizmatlar bahosi asosiy ish bahosidan yuqori bo‘lmasa) bilan bog‘liq faoliyat.
    ISHLAR (XIZMATLAR) TANNARXI — xizmatlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom-ashyo, materiallar, yonilg‘ilar, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari va boshqa xarajatlarning qiymatli baholanishi. Normativ hujjatlarga muvofiq ravishda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga ishlar va xizmatlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoni bilan, korxonani ta’minlash va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi, ya’ni bu xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchilar sotib olishga, personal mehnatiga haq to‘lashga, bank va yuridik xizmatlarga to‘lovlar va boshqa xarajatlardir. Bunda, ta’kidlash joizki, soliqqa tortish maqsadida xizmat safari chiqimlari, reklama, malaka oshirishga xarajatlar va vakillik xarajatlari belgilangan normativ doirasida mahsulotlar tannarxiga kiritiladi. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra barcha xarajatlarni quyidagi iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruhlashtirish mumkin: moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymatini hisoblab ajratgan holda), mehnatga haq to‘lashga xarajatlar, majburiy davlat sug‘urtasi fondlariga ajratmalar (pensiya fondi, ijtimoiy sug‘urta fondi, tibbiy sug‘urta fondi va bandlik fondi); asosiy ishlab chiqarish vositalari amortizatsiya, boshqa har xil xarajatlar. Boshqa har xil xarajatlarga oldingi bandlarga kiritilmagan barcha boshqa xarajatlar, masalan, mulkni sug‘urtalash va faoliyatni litsenziyalashga xarajatlar, ayrim soliqlar va bir qator boshqa chiqimlar kiritiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISHLAB CHIQARISHNING SHAXSIY OMILI

    Download 0,64 Mb.