|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 382/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ICHKI SOLIQLAR VA YIG‘IMLAR — bu yashirin proteksionizm usuli bo‘lib, ular import tovarning ichki narxini ko‘tarish orqali uning ichki bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirishga yo‘naltirilgan.
ICHKI XARAJATLAR – 1) firmaning o‘z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi, ya’ni bu resurslarni tashqaridan eng qulay ishlatilgan sharoitda ularga to‘lanishi mumkin bo‘lgan pul summasidir; 2) I.x. korxonaning o`ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar; 3) I.x. tovarlar ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korxonalardagi mavjud resurslar sarflari.
ICHKI XO‘JALIK REZERVLAR (IMKONIYATLARI) - xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta’sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta’sirini tugatish tushuniladi.
J
JADALLASHTIRILGAN AMORTIZATSIYA – kamayayotgan balans usulida hisoblanadigan amortizatsiya. Bunda foydalanishning birinchi yilida ajratiladigan mablag‘lar me’yori ikki baravarga oshiriladi, ikkinchi yilda esa qoldiq qiymatdan 20 % ajratiladi va h.k.
JAHON BAHOSI — jahon bozorida tashkil topgan baynalminal (jahon) ishlab chiqarish bahosining pul ifodasi. Rivojlangan jahon savdosi sharoitlarida bozor qiymati va bozor bahosi xalqaro ko‘lamda tashkil topadi. Jahon bozorida har xil turlarda amal qiluvchi har xil milliy qiymatlar va tovar ishlab chiqarish baholari asosidagi raqobat stixiyali ravishda baynalminal qiymatning, keyin esa baynalmilal ishlab chiqarish baholarga va unga mos keluvchi baynalmilal (jahon) baholarga olib keladi.
Hozirgi zamon kapitalizmi sharoitida J.b. bo‘yicha muntazam xarakterga ega bo‘lgan va erkin konvertirlanadigan valutada to‘lovni ko‘zda tutuvchi yirik tijorat eksport yoki import operatsiyalari amalga oshiriladi. Agarda monopolistik kapitalizmga qadar bo‘lgan sharoitda u yoki bu tovarga yagona J.b. o‘rnatish tendentsiyali bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa bitta tovarga bitta baho emas, balki savdo operatsiyalari xarakteriga va ular ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlariga, valuta to‘lovlari va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq holda darajasi bo‘yicha qator baholarni o‘z ichiga oluvchi ko‘plab baholar xarakterlidir.
Hozirgi xalqaro savdoda ikki guruh omillari ko‘p xil baholarni vujudga keltiradi: birinchidan, bozorlar va iste’molchilar kategoriyalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan baholar tizimini o‘rnatuvchi monopoliyalar siyosati; ikkinchidan, davlat monopolizmining tadbirlari savdo va valuta siyosati hamda hukumat organlari tomonidan amalga oshiriladigan notijorat va boshqa maxsus operatsiyalar.
|
| |