|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 397/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JARIMA SANKSIYALARI (nem., lot.) — kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni buzganligi uchun tomonlardan olinadigan to‘lov turlari. Sotuvchilar (eksportyorlar) xususida J.s. olinadigan to‘lovlar quyidagicha: yetkazib beriladigan tovarlar sifatining nomuvofiqligi, maqsadga muvofiq upakovka va markirovka q i l i n m a g a n l i g i , m u d d a t l a r i n i n g , komplektatsiyaning buzilishi va h.k. Sotib oluvchilar (importyorlar) xususida J.s. quyidagilar uchun to‘lovlar olinadi: texnik hujjatlarni taqdim etishning, mutaxassislarning safarga chiqishining, akkreditivlar ochishning, o‘z vaqtida to‘lovlarning kechikib qolganligi va h.k. Sotuvchilardan olinadigan J.s. kechikib qolishning davom etishiga qarab progressiv hajmlarda belgilanadi. Jarimalarning maksimal miqdori muddatida yetkazib berilmagan tovarlar qiymati summasining 8-10 foizini tashkil etadi.
JAVOBGARLIK – qonun yoki shartnoma talablarini buzganlik uchun yuz beradigan muayyan holat bo‘lib, aybdor yuridik yoki jismoniy mulkiy yoki boshqa jihatdan uning uchun noqulay bo‘lgan solib qo`yishida ifodalanadi, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy hamda ijtimoiy javobgarliklar mavjud.
Huquqiy javobgarlik qonun yoki shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Huquqiy javobgarlikning qo‘yidagi turi mavjud:
a) jinoiy;
b) ma’muriy;
v) fuqaroviy (mulkiy);
g) intizomiy (mehnat-huquqiy).
Iqtisodiyot javobgarlik yuridik va jismoniy shaxslarga ta’sir o‘tkazishning bir shakli bo‘lib, faoliyatning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, asossiz xarajatlarni kamaytirishga, vositalardan unumliroq foydalanishga undovchi ta’sir choralaridandir. Masalan, yer va boshqa tabiiy resurslardan ratsional foydalanmayotgan korxonalarga nisbatan ulardan foydalanish narxlarining oshirilishi, boshqa noqulay sharoitlarning yaratilishi iqtisodiy javobgarlikning ko‘rinishlaridandir.
Huquqiy javobgarlik eng keng qo‘llaniladigan va samarali javobgarlik turlaridan sanaladi. Huquqiy javobgarlik faqat huquqbuzarlik turlaridan sanaladi. Huquqiy javobgarlik faqat huquqbuzarlik yuridik sostavi mavjud bo‘lganidagina (huquqbuzarlik ob’ekti va sub’ekti, ob’ektiv va sub’ektiv tomonlari) qo`llanilishi mumkin.
Moliya va hisob-kitob, kredit munosabatlarida huquqiy javobgarliklardan keng foydalaniladi.
|
| |