|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 398/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAVOBGARLIK - belgilangan majburiyatlarni to‘liq amalga oshirishni his etish.
JAVOBGARLIK MARKAZLARI – boshqaruv xodimlari faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan, bo‘linmalar xarajatlari va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradigan hisob ob’ekti.
JAVOBGARLIKNI SUG‘URTALASH — yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan uchinchi shaxslarning mol-mulki va sog‘ligiga zarar yetkazilganda, yuzaga kelgan zararni qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilishning ob’ekti hisoblanadi.
JAVOBGARLIKNING YORDAMCHI MARKAZLARI – javobgarlikning asosiy markazlariga ko‘maklashish uchun tashkil etiladigan markaz turi.
JAHON BOZORI NARXI — xalqaro oldisotdi bitimlarida yoki narxlar to‘g‘risidagi boshqa ishonarli manbalarda (tijorat takliflarida, birja kotirovkalarida, narxlar ma’lumotnomalarida, preyskurantlar va boshqalarda) qat`iy qayd etib qo‘yilgan narxlar eng umumiy ifodasi — jahon tovar bozori bahosidir. Ayni mahalda jahon bozori narxi — jahon savdosining asosiy markazlarida muayyan tovar bilan bog‘liq holda tuziladigan nufuzli import-eksport bitimlari narxi hamdir. Bunday bitimlar erkin konvertirlanuvchi valutada naqd pul to‘lovi sharti bilan tuziladi va ko‘rib chiqilayotgan tovarga nisbatan olingan bozorning umumiy savdo-siyosiy rejimi bilan tartibga solib turiladi.
JAHON BOZORLARIGA KIRIB BORISH STRATEGIYALARI — rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari chet el bozorlariga kirib borishida qo‘llanadigan chora-tadbirlar kompleksi bo‘lib, ta’sir etuvchi omillar quyidagilardir (V.I.Cherenkovga ko‘ra): bozorga kirish tezligi; to‘g‘ridan - to‘g‘ri va bilvosita xarajatlar; chet el bozoridagi qonunchilikni o‘z faoliyatiga tatbiq etish imkoniyati; tadbirkorlik xavf-xatari darajasi; investitsiyaning o‘zini qoplash muddati; o‘z hamkorlari (agentlar, distribyutorlar) oldidagi majburiyatlari va boshqalardir. Tanlanayotgan maqsadli bozorga kirishda asosiy me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, kompaniyaning ko‘zda tutayotgan xalqaro biznesi hajmi, bozorlarni egallash geografiyasi, bozordagi tovar sotilishi hajmi va aktivlarini belgilovchi bozor hajmi, tovarlari tabiati (sanoat mollari, iste’mol tovarlari, qimmat yoki arzon va hokazo) va raqobat darajasi hisoblanadi.
Hozirgi transmilliy kompaniyalar chet el bozorlariga, shu jumladan, O`zbekistonga ham investitsiyalar kiritish orqali qo‘llayotgan strategiyalari:
|
| |