• KAFOLAT
  • KAFOLAT MUDDATI
  • KAFOLAT VEKSELI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet406/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KAF (fr.) — tovarni yetkazib berish va narx o‘rnatish bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi vazifalarini (majburiyatlarini) belgilash uchun oldisotdi kontraktlarida qo‘llaniladigan shart. Xalqaro savdoda yuklarni dengiz va daryoda tashishda qo‘llaniladi. Mavjud shart sotuvchi tomonidan belgilangan manzilga qadar tovarni tashib borishni, to‘lashni ko‘zda tutadi. Bunda tashish shartnomasini sotuvchi tuzadi. Tashish bo‘yicha xarajatlar tovarning bahosiga kiritiladi. Shuning uchun K. bahosi tovar qiymatini va uni sotuvchidan sotib oluvchiga tashib olib borish bo‘yicha fraxta qiymatini o‘z ichiga oladi. Sotuvchi eksport mamlakatidagi eksport bojxona bojlarini, soliqlarini, tushumlar va h.k. to‘lasa, sotib oluvchi esa import mamlakatidagi import bojxona bojlarini, soliqlarni, tushumlarni va h.k. to‘laydi.
    KAFILLIK – majburiyatlar bajarilishini ta“minlashning bir shakli. FKning 292- moddasiga asosan, kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatlarini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi. U kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta“minlash uchun ham tuzilishi mumkin.
    KAFOLAT — qandaydir majburiyatlarni bajarganlik uchun kafolat. Bank K. — o‘z mijozi uchun, pul majburiyatlarini bajarganlik uchun bank — garantning kafolati. Odatda bank tomonidan tegishli ta’minlash beriladi.
    KAFOLAT FONDI — davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida tuziladigan fond.
    KAFOLAT MUDDATI — sotib oluvchi tomonidan tovarni ekspluatatsiya qilish, foydalanish va saqlashga rioya qilinganda sotuvchini qo‘ygan tovarning shartnoma talablariga mos bo‘lganligi uchun kafolatlash davom etadigan davr. K. m. doirasida sotuvchi kamchiliklarni yashirganlik va tovarda topilgan mavjud nuqsonlar uchun javob beradi. K. m. shartnomada tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
    KAFOLAT VEKSELI — veksel, oddiy va o‘tkazma (tratta) veksellarga bo‘linadi. Oddiy veksel — bir tashkilotning (veksel beruvchining) boshqa bir tashkilotga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug‘i bilan so‘zsiz ravishda belgilangan muddatda yoki talab qilingan vaqtda ma’lum pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini o‘zida aks ettirgan yozma hujjatdir. Bu veksel qarzdor tomonidan to‘ldiriladi. Oddiy veksellar (“shaxsiy veksellar”, “solo veksellar”) tovar beruvchiga xaridor tomonidan bir nusxada beriladi. Oddiy veksel muomalasida faqat ikki shaxs ishtirok etadi: veksel beruvchi va veksel oluvchi. Veksel oluvchilar o‘zlariga tegishli veksellarni sotuvchilardan olingan tovar evaziga ularga indossament (vekselga bo‘lgan egalikning boshqa kishi ixtiyoriga o‘tkazganligini tasdiqlovchi hujjat) orqali o‘tkazishlari mumkin. Bunda tovar uchun veksel o‘tkazuvchi shaxs indossant deb yuritiladi. Agar vekselning orqasida uning egasi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yozuvlar sig‘may qolsa, yozuvlar davom ettiriladigan qo‘shimcha qog‘oz — “allongi” ilova qilinadi. Veksel indossament asosida bir necha marotaba qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin, bunda veksel bo‘yicha javobgarlik barcha veksel ishtirokchilari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Oddiy va o‘tkazma veksellarga nisbatan ishonchni oshirish uchun veksel bo‘yicha to‘lovchiga veksel kafolati — aval berilishi mumkin. Aval — vekselning o‘ng betida yoki unga ilova qilingan varaqda imzo shaklida ifodalangan bank kafilligi. Uchinchi shaxsga, odatda, bank tomonidan beriladi. Bunda agar veksel beruvchi o‘z qarz majburiyatini to‘lay olmasa, u holda veksel summasi veksel kafolatchisi, ya’ni avalist tomonidan to‘lanadi. Vekselning amal qilish muddatini cho‘zish veksel prolangansiyasi deb ataladi. U qonunga muvofiq yoki qarzdor va qarz beruvchining o‘zaro kelishuviga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.