|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 407/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KAFOLATLANGAN KAPITAL (fr., ing.) — Aksioner yer banklari, jamg‘arma banklari, sug‘urta jamiyatlarining o‘z kapitali, odatda likvidlik shaklida bo‘ladi va ularning majburiyatlari summasiga nisbatan ma’lum foizni tashkil: etadi. Aksionerlar badallaridan tashkil topadi va keyin foydadan ajratmalar bilan to‘ldiriladi.
KAFOLATCHI — ma’lum bir majburiyatlar bo‘yicha kafolat beruvchi davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs.
KAFSAN — mulkdor va yer egasining soliqlardan tashqari hirmondan olinadigan haqqi.
KAFSAN PULI — Buxoro amirligida XIX asr – XX asr boshida dehqon yetishtirgan hosil miqdoridan bek, amlokdor, mirshab, mirza va boshqa amaldorlar manfaati uchun yig‘ilgan.
KALKULYATSIYA – 1) mahsulotning o‘lchov birligini yoki bajarilgan ishning tannarxini hisoblash; 2) K. (lot.) — ma’lum mahsulot (ish, xizmat) turi (birligi)ni ishlab chiqarishga ketgan korxona xarajatlarini aniqlash. Xarajatlar iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruhlangan smeta xarajatlaridan farq qilgan holda K. moddalarida sarflarning o‘rni va tayinlanishi ko‘rsatiladi, bu rejalashtirilganga nisbatan haqiqiy xarajatlarning darajasi ustidan operativ nazorat olib borish imkonini beradi. Ma’lumki, buyumlar tannarxiga o‘tkazish usuli bo‘yicha xarajatlar to‘g‘ri va egri xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri xarajatlarga mavjud mahsulot tannarxiga aloqador bo‘lgan xarajatlar kiradi. Egri xarajatlar qator buyumlar yoki korxonada yetishtiriladigan barcha mahsulotlarni inshab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular maxsus hisob-kitob asosida har xil mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida, korxonalarda va inshab chiqarishda kalkulyatsiya tuzish, kalkulyatsiyalash usullari texnologiya xususiyatiga, ishlab chiqarishni tashkil etish xiliga, yangidan taqsimlash xarakteriga va h.k. bog‘liq bo‘ladi.
KALKULYATSIYA BIRLIGI – kalkulyatsiya ob’ekti o‘lchovi.
KAMBAG‘ALLIK – inson o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo‘lmay qolishidir.
|
| |