|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 410/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KANTON (fr.) — 1) Shveytsariyada territorial federal birlikning nomi. Har bir K. ning o‘z konstitutsiyasi, qonun va ijroiya hokimiyati bo‘ladi. Federal parlamentning yuqori palatasida har bir K. ikkita deputat bilan tavsiya etiladi; 2) Belgiya va Fransiyada ma’muriy hududiy birlikning nomi. Fransiyada K. departament bosh kengashini saylashda saylov okruglari hisoblanadi.
KANTSELING (ing.) — yuk ortish uchun yollangan kemaning portga kelishining eng so‘nggi muddati, muddat tugagandan keyin esa kema yollovchi shartnomani buzish huquqiga ega bo‘ladi.
KAPITAL (nem. Capital) – 1) asosiy mulk. lat.capitaliseng muhim, asosiy bos-biror maqsadga yo‘naltirilishga mo‘ljallangan pul mablag‘i, boshlang‘ich, doimiy, o‘zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona, firma va boshqalarda ustav K. zahira K. aksionerlik jamiyati K. kabi turlari mavjud; 2) K. (fr., ing.) — qo‘shimcha qiymat (foyda) keltiradigan va o‘zini-o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat (mablag‘ va vosita). Qo‘shimcha qiymat (foyda) keltirish xususiyatiga qarab kapital doimiy (ishlab chiqarish vositalari) va o‘zgaruvchan (ish kuchi), ishlab chiqarishda xizmat qilish va o‘z qiymatini qoplash xususiyatlariga qarab asosiy (mehnat vositasi) va oborot (mehnat vositasi va ish kuchi) kapitallarga bo‘linadi. Faqat o‘zgaruvchan kapital (ish kuchi) ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatidan (ish kuchi qiymati va bahosidan) oshiqcha qiymat yaratadi, bu qo‘shimcha qiymat (foyda)ning asosiy manbasi hisoblanadi; 3) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ishlatilib, o‘z egalariga daromad keltradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag‘laridir; 4) tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan ne’matlardir. Bular asbob-uskunalar, mashinalar, omborxonalar, transport kommunikatsiyalari, aloqa vositalari h.k. Kapital pul summasi sifatida nafaqat moddiy ashyolarni (ishlab chiqarish vositalari) banki inson qobiliyati, ta’lim va malaka singari nomoddiy unsurlarni ham o‘z ichiga oladi; 5) qo‘shimcha tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan resurslar, kishilar ehtiyojini bevosita qondirmaydigan tovarlar, investitsiya tovarlari, ishlab chiqarish vositalari, tadbirkorlik maqsadi uchun foydalanilayotgan pullar.
|
| |