|
KAPITAL TA’MIRLASH BUYURTMACHILARI
|
bet | 412/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KAPITAL TA’MIRLASH BUYURTMACHILARI - Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarini boshqarish va texnik nazorat funksiyalarini amalga oshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan yagona buyurtmachi xizmati (keyingi o‘rinlarda kapital ta’mirlash buyurtmachilari deb yuritiladi).
KAPITAL QURILISH OB’EKTLARI BO‘YICHA XARAJATLARNING OYLIK YOYILMASI - qurilishning budjet tasnifi ko‘rsatkichlari asosida kapital qo‘yilmalar limitlari, ularni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatgan va ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan holda hamda budjet xarajatlarini oylar yoyilmasida har bir ob’ekt bo‘yicha buyurtmachi tomonidan tuziladigan, tasdiqlanadigan va tegishli moliya organi bilan o‘rnatilgan tartibda kelishiladigan moliyaviy hujjat.
KAPITAL SARFLAR — 1) asosiy kapitalga solish va zahiralarning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan pul xarajatlari.Kapital sig‘imi asosiy kapitalning (asosiy ishlab chiqarish fondlarining) ma’lum davrda ishlab chiqarilgan mahsulotga yoki uning qismi — sof mahsulot, foyda va milliy daromadga nisbatni aniqlovchi ko‘rsatkich; 2) K.s. asosiy kapitalni qayta tiklash, kengaytirish va aylanma mablag‘larni ko‘paytirishga sarflanadigan xarajatlar.
KAPITAL XARAJATLAR - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va zahiralarning o‘sishi.
KAPITALDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI - ikki holatni ifodalaydi. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qo‘shimcha kapital mablag‘lari sarflamay turib mahsulot miqdorini ko‘paytirishga erishishdir. Milliy iqtisod miqyosida milliy mahsulot yoki milliy daromad o‘sishi sur’atlari bilan asosiy kapital o‘sishi sur’atlari o‘rtasidagi nisbat asosiy kapitaldan foydalanish darajasining umumiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Korxona miqyosida kapital samaradorligi asosiy kapitalning bir so‘mi e’vaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan, kapital sig‘imi esa ishlab chiqarilgan mahsulotning bir so‘mi hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi.
Aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi mahsulotning material sig‘imida ifodalanadi. U milliy iqtisod miqyosida mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadga nisbati aniqlanadi. Korxona miqyosida esa material sig‘imi iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
KAPITALIZATSIYA — Aksioner kompaniya tomonidan chiqarilgan kapitalga aylantirilgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning umumiy summasi. Kapitalizatsiya (kapitalga aylantirish) obligatsiyalarni, boshqa qarz majburiyatlarini, imtiyozli va odatdagi aksiyalarni, rezerv kapitalni o‘z ichiga oladi. Odatda obligatsiyalar va qarz majburiyatlari ularning nominali bo‘yicha kompaniya emitenti kitobiga o‘tkaziladi. Imtiyozli yoki odatdagi aksiyalar nominal yoki, e’lon qilingan qiymati bo‘yicha yozilishi mumkin. E’lon qilingan qiymat kompaniya direktori tomonidan qabul qilingan yoki kompaniyaning chiqarish paytida qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan olingan summani bildiruvchi ixtiyoriy miqdor hisoblanadi.
KAPITALLASHUV – aksiyadorlik kompaniyalari, banklar tomonidan chiqarilgan va kapitalga aylantirilgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning umumiy summasi.
|
| |