|
KARTEL (fr.cartel, ital.cartello cartaooz, hujjat)
|
bet | 414/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KARTEL (fr.cartel, ital.cartello cartaooz, hujjat) - 1) monopolistik birlashmaning bir ko‘rinishi: yirik korxona egalarining bozorda tanho hukmdorlik qilish, ko‘p foyda olish maqsadida tuzgan uyushmasi. Uyushmaga kiruvchilar mahsulot hajmi, narxi, ishchilar yollash sharti, patentlar ayirboshlash, bozorlarni bo‘lish, umumiy masulot ishlab ciqarishdagi har bir atlaschining kvotasi va shu kabilar bo‘yicha kelishib olishlari. K. ning boshqa uyushmalardan (konsern, trest) farqi unga kiruvchilar xo‘jalik yuritish mustaqilligini saqlab qoladilar; 2) K. (fr.) — bitta tarmoq baholar, oldi-sotdi bozori, ishlab chiqarish hajmlari, patentlar bilan ayirboshlash va h.k. kabi korxonalar o‘rtasidagi bitim. Hozirgi vaqtda 11 mamlakatdan 55 kompaniya (“Telefunken”, “Simens”, “Xitachi”, “Mitsubisi” va boshqalar)ni birlashtiruvchi xalqaro elektrotexnik K. eng yirik hisoblanadi; 3) K. – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmdagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi; 4) K. – ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilar birlashmasi shakli. Bunda ixtisosiga ko‘ra yaqin korxonalar, firmalar, kompaniyalar ishlab chiqarish va sotish, narx-navo va mahsulot o‘tkazish bozorlari haqida bitim tuzadilar. Kartelning maqsadi birlashma ichidagi raqobatni bartaraf etish, cheklash va tartibga solish hamda mazkur bitimda ishtirok etmayotgan firmalar raqobatiga tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan foydani oshirishdan iboratdir.
KARUS BELLI (lot.) — urush holatini e’lon qilish uchun bevosita formal bahona yoki vaj bo‘lib xizmat qiluvchi voqea yoki ma’lumotni belgilash uchun foydalaniladigan diplomatik termin.
KARUS FEDERIS (lot.) — vaziyat yoki faktni belgilash uchun foydalanadigan diplomatik termin. Ularning vujudga kelishida davlatlarning shartnoma bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi majburiyati kuchga kiradi. Hozirgi Xalqaro huquq har bir davlatning individual va jamoa mudofasi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqini ko‘zda tutadi.
|
| |