• KLAUZULA (lot.)
  • KLIKA (fr.)
  • KLIRING (ingl.clearing. clear tozalash, ravshanlashtirish)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet422/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KLASSIK SIYOSIY IQTISOD – asoschilari A.Smit (1723-1790) va D.Rikardo (1772- 1823). Ular qiymatni, mehnat nazariyasi asoslarini yaratdilar.
    KLASTERLI TAHLIL (ingl. Claster analysis) — o‘zaro umumiy jihatlar maksimal miqdoriga va iste’molchilarning boshqa guruhlariga nisbatan minimal o‘xshashliklarga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhlarini aniqlash metodi.
    KLAUZULA (lot.) — shartnomada ko‘rsatiladigan shart, izoh yoki ayrim taklif; qonun, vasiyat punkti.
    KLEYMSI (ing.) — qo‘yilgan tovar sifati yoki holatida yetishmovchiliklar bo‘lishi munosabati bilan sotib oluvchining sotuvchiga bo‘lgan da’volari, talablari, shikoyatlari.
    KLIKA (fr.) oldindan kelishilgan o‘z manfaatiga mos keladigan yagona siyosat olib borish uchun birjada savdo qiluvchi o‘ziga xos monopolistik birlashma. Shuning uchun K. birja qoidalari bo‘yicha savdo qilishi odatda taqiqlanadi. K. ning bir necha turlari farqlanadi: “Ho‘kiz K.” aksiyalar kursini (fond birjasida), tovarlar bahosi va kontraktlarining (tovar birjasida) oshirishga o‘ynaydigan brokerlar-chayqovchilar guruhini bildiradi. “Ayiq K.” larga aksiyalar kursini tovarlar bahosi va kontraktlarning pasayishiga o‘ynaydigan brokerlar chayqovchilar kiradi.
    KLIRANS - kemalarning bandargohga kirish va undan chiqib ketish paytida, shuningdek, mamlakatga yuk olib kirish va undan olib chiqib ketish paytida bojxona idoralarining qonunan belgilangan talablarini bajarish.
    KLIRING (ingl.clearing. clear tozalash, ravshanlashtirish) - 1) o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib, amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi. Mamlakat ichidagi K. banklar o‘rtasidagi to‘lovlarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro hisob-kitoblarda K. kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valuta K.) ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatlararo o‘zaro arzlarini tilla va valutaga o‘tkazmasdan savdo-sotiq talablariga ko‘ra amalga oshiradilar. Masalan, paxta tolasi o‘rniga uning qiymatiga teng miqdorda mashina, asbob-uskuna olish;
    2) Kliring bu tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, xizmatlar uchun o‘zaro majburiyat va talablarni, ya’ni bir-biriga beriladigan pullarni hisobga olish bilan naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat Kliring deb ataladi; 3) K – hisob-kitob munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning o‘zaro hisobga o‘tkazilishiga asoslangan naqd pulsiz hisobkitob tizimi.
    Xalqaro hisob-kitoblarda valuta kliringi, mamlakat ichkarisida banklarlaro kliring qo‘llaniladi. Komissioner – komitent bilan tuzilgan maxsus bitim asosida uning topshirig‘iga ko‘ra, vositachilik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs komisioner yoki vositachi tovar bozorida tovarlarni sotish yoki (olish, ayirboshlash bilan shug‘ulanar ekan uning egasi bo‘lib qolmaydi. Komissioner yoki vakilning daromadi vositachilik foizidan iborat bo‘ladi. Komission yoki vositachilik xizmati ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish, ijro qilish, tomonlar huquq va majburiyatlariga oid masalalar fuqorolik kodeksi bilan tartibga solinadi; 4) K. (ing.) Ma’lum valuta, kurslariga mos ravishda naqd hisob-kitobsiz tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish to‘g‘risidagi mamlakatlar o‘rtasidagi bitim. To‘lovlar sotib oluvchilar tomonidan mahalliy valutada amalga oshiriladi, balans mamlakat markaziy banklari — bitim ishtirokchilari tomonidan vaqti-vaqti bilan tartibga solinadi; 5) Banklar tomonidan mijozlar qarzlarini o‘zaro qoplash va pul balanslari tanqisligini tartibga solish to‘g‘risida milliy yoki xalqaro bitim.Bank va valuta K. farq qiladi. Bank K. banklarning faqat to‘lov summalari va tushgan pullar o‘rtasidagi farq miqdoriga o‘zaro hisobkitoblar qilishi bilan xarakterlanadi. Bank K. hisob-kitob palatalari orqali amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini bildiradi. Valuta K. ikki yoki bir necha mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdo va boshqa iqtisodiy aloqalarda naqd pulsiz xalqaro hisob-kitoblar tartibini o‘rnatadi. Qoidaga ko‘ra valuta K. davlatlar o‘rtasida o‘zaro talablarni hisobga olgan tashqi savdo operatsiyalaridan kelib chiqadigan birovbirovlarining qarzlarini qoplash maqsadida amalga oshiriladi; 6) K. O‘zaro majburiyatlarni hisobga olish vositasida qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va xizmatlar bo‘yicha naqd pulsiz hisobkitob qilish. Bunda o‘zaro qarzlarni qoplash bo‘yicha bitim tuziladi. Valuta kliringi – tashqi savdoda o‘zaro tovar aylanmasi bo‘yicha to‘lovlar tizimi, valuta hisob-kitobini kelishish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim shaklida tuziladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.