|
KICHIK TADBIRKORLIK (BIZNES) SUB’EKTLARI TOIFASIGA
|
bet | 421/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KICHIK TADBIRKORLIK (BIZNES) SUB’EKTLARI TOIFASIGA - yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
Quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni: -yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan;
-mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘ienergetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan;
-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
KLASSIK KO‘RINISHDAGI FOND BIRJASI – bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori bo‘lib, u savdo-sotiqning hamda qimmatli qog‘ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib, tamoyillariga egadir. Fond birjalari tarixan ma’lum ma’noda qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ziga xos harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ularning iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi roli ko‘p jihatdan fond bozorlarining ahamiyati bilan aynan bir xil. Shu bilan birga, fond birjalari o‘zining ko‘p funksionalligi va iqtisodiyotda mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, endilikda u fond bozorlarining ularning o‘zlari oraliq hosil qilingan tizimlarining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
K.k.f.b.ning asosiy o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat:
- birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarga ruxsat etiladi; birja savdolariga fond birjasi a’zolarining maxsus muassasasiga aloqador bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi;
- qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning muvaqat tartibi va andozalashtirilgan savdo-sotiq tadbirlarining mavjudligi;
- savdo-sotiqni muayyan joyda markazlashtirish;
- birjaning o‘zini-o‘zi tartibga solishi, ya’ni birjani boshqarishni birja savdolari ishtirokchilarining o‘zlari amalga oshiradi;
- tuzilgan shartnomalarni bajarishga kafolat beradi;
- savdo etikasini ishtirokchilar xulq atvorini ishlab chiqadi.
|
| |