|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 429/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONFISKATSIYA (lot.) — o‘rnatilgan qonunga muvofiq davlat tomonidan mulkni majburan va tekinga begonalashtirish.
KONGLOMERAT (lot.) — korxona (firma) birlashmasi shakllaridan biri. Ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro bog‘langan korxona (firma)ni birlashtiruvchi funksional konglomerat qo‘shiluvlar va hech qanday umumiylikka ega bo‘lmagan firmalarni birlashtiruvchi investitsiyaviy konglomerat kelishuvlar farqlanadi. K. uchun quyidagilar xarakterli: 1) Ishlab chiqarish sohasida aloqasi bo‘lmagan va turli xil funksiyalar bajaruvchi keng doiradagi birlashma; 2) markazlashmagan boshqarishning yuqori darajasi; 3) ishlab chiqarishning ko‘payishi hisobidan emas, balki har xil qo‘shiluvlar natijasida kapitalning tez o‘sishi; 4) K. doirasida korxonaning birlashuvi bank ishtiroki bilan yoki uning atrofida yuz beradi. K. hosil etishning asosiy rag‘batlantiruvchi vositalaridan biri unga kiruvchi korxona aksiyalar kursining oshish imkoniyatidir, chunki K. faoliyatini diversifikatsiyalash kon’yunktur o‘zgarishlardan keladigan zararlar xavfini ancha kamaytirishga imkon beradi.
KONGLOMERAT QO‘SHILUV — birbiriga to‘g‘ri kelmasdan bozor segmentlariga tayanuvchi firmalarning qo‘shilishi.
KONGLOMERATLI DIVERSIFIKATSIYA - bir joyda to‘plangan korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan va keyinchalik boshqa korxonalarni xarid qilishdan iborat shakli.
KONGLOMERATSIYA- korxonalarning yakka hokim birlashmalari turi.
KONKORDAT (lot.) — shaxslar, partiyalar, hukumatlar o‘rtasidagi do‘stlik shartnomasi. Dastlab termin qandaydir davlat hukumatlari o‘rtasida faqat shartnomani belgilash uchun iste’mol qilingan.
KONKURENT (bozorda) (lot.) — tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lib, uning faoliyat hajmini kengaytirish yoki saqlash mavjud bozor sub’ekti hisoblanmish boshqa tovar ishlab chiqaruvchi bozor hissasining kamayishiga olib keladi.
KONKURENTSIYA (Raqobat) (lot.) — bozor mexanizmi elementi, bozor sub’ektlarining o‘zaro ta’siri shakli, kapital solishning eng qulay shart-sharoitlari uchun kurash. Bozor sharoitlarida K. xo‘jalik proporsiyalarini tashkil etishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. K. har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
|
| |