• K.t.b.
  • KOMPROMETATSIYA - obro‘ga putur yetkazish. KOMPYUTER VA KOMPYUTERLASHTIRISH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet427/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOMPENSATSIYA (tovon haqi; lot. – compensation – qoplash). Bir majburiyatni unga teng bo‘lgan boshqa majburiyatni hisobga o‘tkazish yoki qoplash yo‘li bilan ijro etish. Birjalarda kompensatsiya deganda tovarlar yoki kontraktlarni sotib olish muddatiga o‘zaro bitimlarni tartibga solinishi nazarda tutiladi 2) K. (lot.) — yo‘qotilgan u yoki bu narsani qoplash; o‘zaro aytilgan talablar bo‘lib, sinov orqali to‘liq yoki qisman majburiyatlarni to‘xtatish usuli.
    KOMPENSATSION TOVAR BIRJASI - oshiqcha barcha mahsulot turlari, ko‘chmas mulk va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlash bo‘yicha bitimlar tuziladigan birja. Sotishga tavsiya qilingan tovar barter yoki kompensatsion dollar deb ataladigan shartli (virtual) pul (hisob) birligida baholanadi. Hozirgi vaqtda K.t.b. AQSh va Kanadada mavjud.
    KOMPENSATSIYA SHARTNOMASI — tovarning bir qismi pul bilan to‘lanadigan muqobil savdo yoki barter operatsiyalarining turli xili.
    KOMPLEKS TAHLIL - korxona faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir.
    KOMPRADOR (isp.)– 1) rivojlana-yotgan milliy bozor va sarmoyalari mazkur bozorga kirib borayotgan xorijiy mulkdorlar o‘rtasida vositachilik qiluvchi mayda savdogar; 2) tashqi va ichki bozorda savdoni amalga oshiruvchi mustamlaka yoki rivojlanayotgan mamlakatlardagi savdo vositachisi. K. asosiy vazifasi mahalliy dehqonlar va hunarmandlardan sotib olingan tovar partiyalarini chet el sotib oluvchilariga qayta sotishdan iborat.
    KOMPROMETATSIYA - obro‘ga putur yetkazish.
    KOMPYUTER VA KOMPYUTERLASHTIRISH — hisoblovchi qurilmalar, asosan, Ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqarilib, ular elektron hisoblash mashinalari (EHM), deb atalardi. Bu EHMlarning asosiy vazifasi “qo‘shuv”, “ayiruv”, “ko‘paytiruv” va “bo‘luv”, ya’ni to‘rt amalni bajarishdan iborat edi. Kompyuter asosida al-Xorazmiyning algoritm nazariyasi yotadi.
    EHMlar birinchi avlodining asosiy unsurlari ulkan hajmdagi elektron chiroqlardan iborat bo‘lganligi sababli, ular nihoyatda katta joyni egallagan va maxsus sovutgichlar ishlab chiqarishni talab qilgan. Ularning bahosi qimmat va ishlatish xarajatlari katta bo‘lganligi bois, ular, asosan, yangi texnika va harbiy sohadagi ilmiy izlanishlar uchungina ishlatilgan. Natijada, EHMlarning birinchi avlodidan xalq xo‘jaligida keng foydalanilmagan va u ommaviylashmagan.
    XX asrning 60-yillarida EHMlarning ikkinchi avlodi ishlab chiqarildi. Ularning asosiy unsurlari tranzistorlardan iborat bo‘lganligi sababli, ular uchun nisbatan kamroq joy va oz mablag‘ talab qilinar edi. Natijada, bu EHMlarni xalq xo‘jaligining turli sohalariga mansub ilmiytadqiqot institutlari va yirik korxonalar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. EHMlar bozorida ularni ko‘proq sotish uchun raqobat boshlandi. Bu o‘z navbatida, EHM ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirdi.
    EHM ishlab chiqaruvchi har bir kompaniya o‘z mahsulotining hajmini (egallaydigan joyini) kichraytirishga, ishda tezkorligini oshirishga,narxini arzonlashtirishga va ommabop qilib ishlab chiqarishga intilish natijasida, EHMlarning uchinchi avlodi, ya’ni asosiy unsurlari mikrosxemalardan iborat kompyuterlar ishlab chiqildi. Ushbu mini EHMlar kam joy egallaydigan va arzon bo‘lsa-da, baribir, ko‘pchilik bo‘lib ishlatiladigan va faqat korxonalardagina foydalanishga moslashgan edi. EHM ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shaxsiy EHMlar, ya’ni hozirgi zamon atamasi bo‘yicha, shaxsiy kompyuterlar (inglizchasiga Personal Computer — RS) ishlab chiqarish ustida ishlay boshladi.
    1990-yillardan boshlab, shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish ancha rivojlandi, ular xonadonlarga ham kirib kela boshladilar. Natijada, kompyuterlar jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlarida qo‘llanila boshladi.
    O‘zbekistonda kompyuterlarni qo‘llashda burilish yuz berdi. Hozir respublikamizda deyarli barcha kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning vakolatxonalari mavjud bo‘lib, ular orqali istalgan kompyuterni sotib olish mumkin. Zamonaviy kompyuterlarni xalq xo‘jaligida qo‘llash ishlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi maxsus qabul qilgan qarori bilan ko‘riladigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining qator ilmiy-tadqiqot markazlari, shu jumladan, Kibernetika ilmiy-tadqiqot instituti 1956 - yildan boshlab bu borada faol ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Milliy universitet va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va boshqa oliy o`quv yurtlari milily iqtisodiyotimizga zarur bo‘lgan milliy kadrlarni yetishtirib bermoqdalar.
    Kompyuterlashtirish hisob-kitob sohasida, tarmoqlar faoliyatini muvofiqlashtirishda, turli texnikaviy ishlarni bajarishda va shu kabi, ko‘p kuch, vaqt va diqqatni talab qiladigan xizmat turlarida jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi, bu ishlarni amalga oshirishni tezlashtirdi, osonlashtirdi, yozuv chizuv ishlarini chekladi, qog‘ozbozlikni jiddiy tarzda kamaytirdi.
    Bugunga kelib, respublikamizning iqtisodiyoti rivojlanishiga bevosita aloqador bo‘lgan asosiy sohalar (masalan, bank, soliq, aloqa, bojxona tizimlari, O‘zbekiston havo yo‘llari, temir yo‘l transport, radio, televideniya, gazeta, tibbiyot, ijtimoiy ta’minot, bandlik tizimlari, nashriyot hamda bosmaxonalar va boshqalar) to‘liq kompyuterlashtirildi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.