• KOMBINAT (lot.)
  • KOMMANDIT O‘RTOQLIGI (fr.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet424/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOLLEKTIV KORXONA — jamoa mulki asosida faoliyat qiluvchi korxona (kooperativ, aksioner, oilaviy, xo‘jalik uyushmasi, mahalla va diniy tashkilotlarga tegishli korxonalar va h.k.). Kollektiv korxonaning farqlanuvchi xususiyati bir necha mulkdor va shu bilan bog‘liq jamoa mulki ob’ektlariga egalik qilish, foydalanish, buyruq berish, olingan mahsulotdan foydalanish, daromadlarni taqsimlash bo‘yicha huquqlarni amalga oshirish hamkorligi. K.k. xillari o‘rtasidagi farq ularning tashkil etilish, amal qilish va rivojlanishining aniq xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
    KOLONIALIZM - davlatlar va yirik korporatsiyalarning boshqa davlatlar hududlarini mustamlakaga aylantirish hamda mustamlaka mamlakatlarda ularning manfaatlariga mos kelmaydigan, ulardan foyda va boyliklarni chiqarib olishga ko‘maklashadigan iqtisodiy tartiblarni zo‘rlab joriy etishga qaratilgan iqtisodiy harakatlarining mafkuraviy nazariyasi va amaliyoti komitent o‘z hisobidan bitim tuzish hamda vositachilik xizmati ko‘rsatish haqida topshiriq beruvchi shaxs.
    KOMBINAT (lot.) — tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish jarayonining vertikal integratsiya qilinishi bilan xarakterlanuvchi ishlab chiqarish xo‘jalik ob’ekti shakli.
    KOMMANDITCHI — kommandit shirkatning a’zosi, paychi (Fuqarolik kodeksining 61-moddasi). To‘liq shirkat ishtirokchilari bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissasi doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha shirkatchi kommanditchilar deb ataladi. Kommanditchilar a’zo bo‘lgan shirkat kommandit shirkati deb nomlanadi. Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin. To‘liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi. Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘ziga hissa qo‘shuvchi va boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas.
    KOMMANDIT O‘RTOQLIGI (fr.) xo‘jalik jamoatchiligi va o‘rtoqligi turi bo‘lib, bunda tadbirkorlik faoliyati o‘rtoqligi nomidan shug‘ullanuvchi va o‘rtoqlik majburiyatlari bo‘yicha javob beruvchi bir yoki bir necha ishtirokchilar bilan o‘zlarining barcha mulkiga xayrixohlik bildiriladi, ular tomonidan solingan omonatlar summasi doirasida o‘rtoqlik faoliyati bilan bog‘liq zarar keltiruvchi bir yoki bir necha ishirokchilar (kommanditistlar, omonatchilar) bo‘ladi. K.u. huquqiy holati xo‘jalik jamoatchiligi va o‘rtoqligi to‘g‘risida qonun aktlari bilan belgilanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.