|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 432/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONSENSUAL BITIMLAR — tuzilish payti bilan bajarilishi bir vaqtning o‘zida amalga oshirilmaydigan bitimlar. Bitim bajarilishi uchun taraflarning o‘zaro kelishuvi yetarli deb hisoblanadi. Masalan, kontraktatsiya shartnomasi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi yilning boshida tuzilgan bo‘lsa, yil davomida amalga oshirilishi mumkin. Shu xususiyatlari bilan konsensual bitim boshqa bitimlardan farqlanadi. Real shartnoma bo‘yicha esa huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi taraflar o‘zaro kelishgan, shartnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lishidan tashqari, shartnoma predmeti — ashyo yoki pulning topshirilishini talab qiladi. Qarz, omonat, hadya va shu kabilar real shartnomalar jumlasiga kiradi.
KONSENSUS (lot.) — muhokama qilinadigan vaziyat ovozga qo‘yilmasdan kelishuv bilan qabul qilinadigan ishlab chiqish metodi va qarorlar, xalqaro shartnomalar, hujjatlarni qabul qilish. Kelishuv deb shunday vaziyatga aytiladiki, bunda muzokarada ishtirok etuvchi davlat, agarda u yoki bu qoidaga rozi bo‘lmasa ham, ammo xalqaro hamkorlik manfaatini ko‘zlab hujjat qabul qilishga qarshilik qilmaydi. K.masalalarni “paketda” yechish metodi bilan, ya’ni ayrim Masalalar bo‘yicha emas,. balki ularning majmuasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish bilan uzviy bog‘liq.
KONSEPSIYA — 1) predmet, hodisa, ularni tushunish usuli, mazkur yo‘nalishda bilish va amaliy faoliyat xarakterini belgilovchi talqinga oid g‘oyalar, qarashlar tizimi; 2) ishlab chiqarish faoliyatining konstruktiv tamoyili. 3) ma’lum bir muammoni yoki vaziyatni hal etish hamda rivojlantirishga qaratilgan nuqtai nazarlar tizimi.
KONSERVATIV AKTIVLAR — kapitalning saqlanishini kafolatlovchi yoki minimal yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatarlarga ega bo‘lgan investitsiyalardir.
KONSERVATIV STRATEGIYA — mablag‘larni yuqori dividend keltiruvchi aksiyalarning uncha katta bo‘lmagan qismini qo‘shish asosida davlat va korporativ obligatsiyalarga investitsiyalashdir.
|
| |