|
KONSOL — davlatning uzoq muddatli zayom obligatsiyalari turi (Buyuk Britaniya).
KONSOLIDATSIYA
|
bet | 434/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONSOL — davlatning uzoq muddatli zayom obligatsiyalari turi (Buyuk Britaniya).
KONSOLIDATSIYA (lot.) — 1) Kapitalni eng ishonchli aksiyalarga solish yo‘li bilan aksiyalar bilan savdodan olingan foydalardan foydalanish; 2) Milliy valutani mamlakatning yangi xalqaro pul aktivlari valuta rezervlariga almashtirish (masalan, SDR); 3) Hisobotni tayyorlashda foydalanadigan buxgalteriya hisobi metodi; 4) AQShda ikki yoki undan ortiq firma yoki kompaniyalarni birlashtirish yoki qo‘shish; 5) Qisqa muddatli davlat hissasini uzoq muddatga aylantiradigan kredit operatsiyasi; 6) Mustahkamlash.
KONSOLIDATSIYALASHGAN BALANS — korporatsiya bo‘yicha ona va qiz jamiyatlarining faoliyati va moliyaviy natijalari to‘g‘risida yig‘ma buxgalteriya hisoboti. Ichki korporatsiya assotsiatsiya kompaniyalarining o‘zaro oboroti ikkilamchi hisobdan ko‘chish maqsadida konsolidatsiya balansidan chiqariladi. Ona jamiyatlari ko‘pincha xolding-kompaniya hisoblangani, ularning asosiy qiz korxonalari kapitaliga ishtirok etishi munosabati bilan bank monopoliyalari konsolidatsiya balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pgina mamlakatlarda banklar milliy va xalqaro nazorat organlariga konsolidatsiya hisobotini topshirishlari shart.
KONSORSIUM (lOt. consortiumshirkat, uyushma) — 1) korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar ishtirok etadi; 2) K. (lot.) — hamkorlikda zayomlarni joylashtirish yoki yagona kapital sig‘imli sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun bir necha banklar yoki sanoat kompaniyalari o‘rtasida vaqtinchalik bitim. Bank K. kompaniyaning moliya ehtiyojlari bir bank tomonidan ularning imkoniyatidan oshib ketganda, dunyoning har xil qismlarida har xil valutalarda moliyalash talab qilinganda, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarga ehtiyoj paydo bo‘lganda tuziladi. Sanoat kompaniyalari K. kapitallar, patentlar, sotish shoxobchalarini birlashtirib, qimmat turadigan loyihalarni amalga oshirish uchun tuzadi. Mijozlarni kreditlashning konsortsional shaklidan foydalanish birinchi navbatda ayrim bankning yirik zayomchilarga kredit berish uchun mablag‘lari yetmay qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni yechishga imkon beradi. K. da kredit munosabatlari amal qiluvchi qonun aslida va Respublika markaziy banki nizomiga mos ravishda hamda kreditlash qoidalariga muvofiq quriladi; 3) muayyan iqtisodiy loyihalarni yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan muvaqqat bitim; 4) kreditlarni birgalikda joylashtirish yoki yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish maqsadida bir necha banklar yoki sanoat korxonalari uyushmalarining kelishuvlari. Konsorsium ishtirokchilari xususiy firmalar va davlat muassasalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ular yuridik shaxs sifatida o‘z mustaqilligini saqlagan holda birgalikda ishlab chiqilgan ko‘zda tutilgan vazifani bajarishga qaratilgan qarorni bajarishga itoat etadilar. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida” 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Qonunining 1- moddasida “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari korxonalarning xo‘jalik assotsiatsiyasiga: ittifoq, konsern, konsorsium, korporatsiya va boshqa uyushmalarga birlashishga haqlidir” deb ta’kidlab o‘tiladi. Demak, moddada nomi keltirilgan barcha uyushmalar bitta tushuncha, ya’ni assotsiatsiyani ifoda etuvchi turlardan iborat deb tan olinadi. Lekin ular uyushma bo‘lishlari bilan bir qatorda huquq layoqati, faoliyatining turlari va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi; 5) bir necha bank yoki sanoat kompaniyalarining qarzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyihani birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuvi; 6) tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit erish yoki investitsiyalar qo‘yish).
|
| |