• KONVERTIRLANADIGAN PREFAKSIYALAR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet442/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KONVERTIRLANADIGAN VALUTA — milliy pul birligining qonun bilan mustahkamlangan qaytariluvchanligi, ya’ni ayirboshlash jarayonida davlatning bevosita aralashmasdan barcha xohlovchilar uchun uni chet el valutasiga ayirboshlash imkoniyati. Konvertirlanish darajasi davlat organlarining valutalarni cheklashdagi qo‘llaydigan hajmi va qat`iyatliligiga teskari proporsional bo‘ladi. Pul birliklarining qaytaruvchanligi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimoti, jahon savdosi va hisob-kitoblarida ishtirok etishining muhim samarali omili hisoblanadi.
    K.v. bu har bir mamlakatda valutaning to‘lov vositasini bajarish qobiliyatidir. 1986 yilda Xalqaro Valuta Fondi shunday valutalar qatoriga AQSh dollarini kiritgan (dollar nemischa so‘z — “Taler”dan kelib chiqqan).
    Hozirgi vaqtda 150 dan oshiq mamlakatdan XVF a’zolari hisoblangan jahonning eng rivojlangan 10 ta mamlakat valutalari to‘liq konvertirlangan bo‘lib, bularga AQSH, Kanada, Yaponiya va qator Yevropa davlatlari kiradi. Taxminan, 50 davlat cheklangan K.v.ga ega.
    KONVERTIRLANADIGAN OBLIGATSIYALAR — konversion imtiyoz shartlariga mos ravishda boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga ayirboshlash mumkin bo‘lgan obligatsiyalar. K.o. investorga mablag‘ solish havfsizligini va daromadning barqaror kelishini ta’minlash hamda odatdagi aksiyalarni beradigan kapitalni ko‘paytirish imkonini beradi. K.o. kompaniyaning o‘sishiga va ayni paytda havfdan saqlanib qolishga harakat qiluvchi investorlar uchun muhim talab bo‘lib xizmat qiladi. Bunday investorlar K.o. odatdagi aksiyalarga ayirboshlash imtiyozi uchun kichik foizga rozi bo‘ladilar. Ko‘plab K.o. erta boshlangan konversiya investorlarni mukofotlash uchun vaqti-vaqti bilan konversiya narxi oshib turadi. K.o. odatda 5-10 yil muddat bilan chiqadi, ammo foiz darajasini kamayishi ushbu muddatni cho‘zishi mumkin.
    KONVERTIRLANADIGAN PREFAKSIYALAR — ma’lum vaqtda oldindan belgilangan baho bo‘yicha boshqa klasslarga ayirboshlash mumkin bo‘lgan prefaksiyaviy aksiyalar. Konversion prefaksiya odatdagi aksiyalarning bozor bahosiga nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan tarzda o‘rnatiladi (10-15 foiz). Konversiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha imtiyozlar chiqarilgandan keyin ma’lum vaqtdan so‘ng bekor qilinadi (amalda 5-12 yil). Ko‘plab K.p. qaytishga mo‘ljallangan. Kompaniya majburiy konversiyani e’lon qilishi mumkin, bu faqat direktorlar prefaksiyalarni qoplash odatdagi aksiyalarni chiqarish orqali foyda beradigan bo‘lishiga ishongan holatda ro‘y beradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.