• KOOPERATIV (lot.)
  • KOOPERATIV MARKETING
  • KOOPERATIV MULKI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet443/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KONVERTIRLANMAYDIGAN VALUTA - xorijiy valutalarga ayirboshlanmaydigan va ichki to‘lov aylanmasiga xizmat qiladigan valuta.
    KON’YUNKTURA – bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi).
    KOOPERATIV (lot.) — o‘zini-o‘zi boshqarish va o‘zini-o‘zi moliyalash asosida tadbirkorlik faoliyati uchun birlashuvchi kishilarning ihtiyoriy guruhi tomonidan tuzilgan tashkilot. K. yuridik shaxs hisoblanadi. O‘z mablag‘lari va qarzga olgan, mablag‘lardan hamda o‘z mulki yoki ijaraga olgan mulkdan foydalanish mumkin. K. mahsuloti uning o‘z mulki hisoblanadi.
    KOOPERATIV MARKETING — bir sxema bo‘lib, unga ko‘ra turli kompaniyalar — muayyan biznes ishtirokchilari sxemaning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum bir bozorda faollikni oshirish uchun hamkorlik qiladilar. Har bir ishtirokchi kompaniya mahsulotning o‘zini reklama qilish uchun reklamaga va jamoatchilik bilan aloqalarga pul sarflaydi. Masalan, 2000 yilda Yevropa mamlakatlarida baliq mahsulotlarini raklama qilish uchun bosma matbuot va televideniyada qo‘shma reklama kampaniyasi o‘tkazilgan edi. Buyuk Britaniyada esa Marketing boshqarmasi o‘n yillar davomida sut mahsulotlari reklamasi bilan shugullandi. Butun taomilamaliyot haddan tashqari siyosiylashtirilgan, faoliyat esa majburiy kvotalar tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan, shuning uchun ham, har holda, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermerlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan edi. Shunga qaramasdan, tizim yaxshi ishladi, sutning narxi barqarorligicha qolgan edi.
    KOOPERATIV MULKI – jamoa mulkining asosiy turi, har xil jamoalarga birlashgan kishilarning umumiy mulki, mulkdagi hissadorlikka asoslangan bo‘lib, guruhiy mazmunga ega.
    KOOPERATIV REKLAMA — yagona guruh tarkibida ish ko‘rayotgan alohida kompaniyalar tashkillashtirgan va haqini to‘lagan reklama kampaniyasi. Umummilliy miqyosdagi reklama beruvchi ham mahalliy chakana sotuvlar yoki distribyutorlar bilan ham aynan shunday hamkorlik qiladi. Ana shu holda yirik reklama beruvchi mahalliy ommaviy axborot vositalarida reklama uchun foydalaniladigan oldindan tayyorlab qo‘yilgan reklama materiallarini mahalliy savdogarlar tasarrufiga berib qo‘yadi. Reklama qiymatini to‘liq yoki qisman yirik reklama beruvchi to‘laydi. Ko‘pincha mahalliy chakanafurushlar reklama maydonchasi va efir vaqti qiymatini to‘laydilar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.