|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 451/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KREDIT BO‘YICHA IMTIYOZLI DAVR — kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatini kechiktirilgan davri.
KREDIT EKSPANSIYASI — mamlakatning ssuda kapitallari bozorida foiz stavkalarining pasayishi natijasida kredit oluvchilarning ko‘payishi va buning oqibatida, kredit qo‘yilmalari hajmining keskin ko‘payishidir.
KREDIT EMISSIYASI – qarz berish uchun mo‘ljallangan va naqd bo‘lmagan pulni qo‘shimcha ravishda muomalaga chiqarishdir.
KREDIT KARTOCHKASI – 1) nomi yozilgan pul hujjati, bank yoki boshqa ixtisoslashgan kredit muassasidagi hisob raqamida muayyan summadagi pul mablag‘i mavjudligini tasdiqlaydi. Kredit kartochkasi uning sohibiga naqd pul to‘lamagani holda uning vositasida tovarlar olish va xizmatlardan bepul foydalanish huquqini beradi. O‘zbekistonda “VISA” va boshqa kredit kartochkalari muomalaga kiritilgan; 2) K.k. — bank tomonidan o‘z omonatchilariga ularning tovarlari va xizmatlarini naqd pulsiz to‘lash uchun beriladigan maxsus to‘lov hisob-kitob hujjati. Tashqi tomonidan bu plastik kartochkasi bo‘lib, unda egasining nomi, uning tartib soni yoki ishlari ko‘rsatilgan bo‘ladi, kartochkada egasining imzosi namunasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi. K.k. magazin yoki bankning kompyuter moslamasiga beriladi, bunda sotib olish yoki xizmatni tezda to‘lash to‘g‘risida tegishli bankka buyruq beriladi; 3) K.k. — kichik o‘lchamdagi plastik yoki metall kartochka ko‘rinishidagi hujjat bo‘lib, bankdagi hisob sohibining shaxsini tasdiqlaydi va unga naqd pullar yordamisiz tovar va xizmatlarga to‘lash huquqini beradi; 4) K.k.– bu bank yoki maxsus kredit (savdo) muassasasi tomonidan biror kishi nomiga berilgan pul hujjati, unda pul egasi joriy hisobidagi summa ko‘rsatiladi. Bu uning egasiga chakana savdo tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar xarid qilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga binoan xaridor hisobidagi pul summasi uning ixtiyoridan olinib tovar sotgan korxona hisobiga o‘tkaziladi.
Kredit kartochkalari aksariyat hollarda banklar tomonidan aholining iste’molini qondirish uchun beriladigan kreditlarda qo‘llaniladi.
|
| |