|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 452/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KREDIT MARJASI - qarz oluvchi kredit qiymatiga qo‘shib to‘laydigan ustamakredit multiplikatori pulko‘lami va pul ko‘lamining asosi, ya’ni markaziy bank muomalaga chiqargan pul o‘rtasidagi nisbat.
KREDIT MUDDATI — kredit uchun ajratilgan muddatga qadar bo‘lgan davr. Qoplash muddati — kredit bo‘yicha hisoblangan asosiy qarzni, foizlarni va komissiyalarni to‘la to‘lash bilan bog‘liq muddat.
KREDIT RISKI - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir.
KREDIT TA’MINOTNOMASI — kreditor uchun qarzdor tomonidan ssudaga olingan mablag‘lar va ana shu qarzga hisoblab ajratiladigan foizlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda qaytarilishi garovi bo‘lib xizmat qiladigan tovarmoddiy boyliklar va ishlab chiqarish xarajatlari. Kredit ta’minotnomasi qarz oluvchi tomonidan ssuda rasmiylashtirilayotganda havola etiladi va kredit to‘lab uzilguniga qadar kreditor tasarrufida (to‘liq yoki qisman) bo‘ladi.
KREDIT TASHKILOTLARI — tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari.
KREDIT NOTA — o‘zaro hisob-kitob munosabatlari bor tomonlardan birining ma’lum bir sharoit yuzaga kelishi munosabati bilan ikkinchi tomondan qarzni to‘latish huquqini amalga oshirish xususida kredit yozuvi — “kredit nota” iborasi xalqaro hisobkitoblarda qo‘llaniladi. Mamlakat ichkarisida “kredit-schyoti” iborasi ishlatiladi.
KREDIT VARAQASI — bankning o‘z mijozlariga, ularga mahsulot va ko‘rsatilgan xizmat uchun beriladigan to‘lov hujjati. Kredit varaqasi ko‘pincha plastik kartochka ko‘rinishida bo‘lib, unda varaqa egasining ismi, unga biriktirilgan raqami va shifr imzosining nusxasi hamda varaqadan foydalanish muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kredit varaqasi egasi biron-bir mahsulot yoki naqd pul olmoqchi bo‘lsa, o‘z varaqasini do‘kon yoki bankda o‘rnatilgan kompyuter qurilmasiga ko‘rsatib, markaziy bankda to‘lovni zudlik bilan amalga oshirish xususida topshiriq beradi.
|
| |