• KREDITLARNI SUG‘URTALASH
  • KREDITOR MAJBURIYATLARINING AYLANUVCHANLIGINI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet453/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KREDIT OB`EKTI – bu har qanday pul emas, balki vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlardir.
    KREDITGA SOTISH — kredit shartlari asosida amalga oshirilgan sotuv. Qisqa muddatli kredit uchun, masalan, uzoq muddatda foydalaniladigan arzon iste’mol tovarlarini xarid qilish uchun xaridor sotuv paytida tovarga egalik qilish huquqiga ega bo‘ladi. To‘lov muddati kechiktirilgan kreditga sotib olayotganda tovar yetkazib beruvchi yoki kreditor muassasa oxirgi to‘lov olinguniga qadar tovarning egasi bo‘lib qolaveradi.
    KREDITLARNI SUG‘URTALASH — qarzdor (debitor) qarz to‘lash qobiliyati pasaygan yoki yo‘qolgan holda pulni kreditorga (qarz beruvchiga) qaytarish kafillikni oluvchi shartnoma (kontrakt). Amaliyotda kafillikni sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasiga olish mumkin.
    KREDITOR (lot.) — 1) pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga (kreditga beruvchi) qarz beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. K. korxona, davlat, bank va aholi bo‘lishi mumkin. Korxona kredit muassasasiga pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga bergan holatda K. sifatida chidadi. U ulardan kreditlash uchun resurs sifatida foydalanadi. Har qanday qarzga oluvchiga uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit berganda bank K. sifatida chiqadi; aholi bankdagi hisoblarda mablag‘larini saqlaganda K. bo‘lishi mumkin. Davlat xalqaro kredit berganda K. hisoblanadi. Foyda pullar uchun to‘lov manbasi hisoblanadi; 2) qarzga mablag‘ beruvchi tomon.
    KREDITOR MAJBURIYATLARINING AYLANUVCHANLIGINI - sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini kreditorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
    KREDITOR QARZLARI - o‘zga korxonalarning aylanma mablag‘larining bir qismi aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanmasida qatnashishi tushuniladi.
    KREDITORLIK QARZI – 1) korxona, tashkilot va muassasalarning tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari; 2) K.q. xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa korxona, tashkilotlar, jismoniy shaxslardan olgan tovarlari, ko‘rastilgan xizmatlar, bajarib berilgan ishlar uchun ular oldidagi qarzi. Kreditorlik qarzini mavjud bo‘lishi va uni to‘lash muddatlarining o‘tkazib yuborilganligi aybdor shaxslarga huquqiy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.