KUNDALIK ISTE’MOL VA TALAB TOVARLARI; KUNDALIK ISTE’MOL MOLLARI




Download 0,64 Mb.
bet456/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

KUNDALIK ISTE’MOL VA TALAB TOVARLARI; KUNDALIK ISTE’MOL MOLLARI (ingl. Fast Moving Consumer Eoods) — odatda bu termin FMCE (Fast Moving Consumer Eoods) abbreviaturasi ko‘rinishida ishlatiladi. Aksariyat arzon, xaridorlar tez-tez sotib oladigan va tez orada zudlik bilan foydalanadigan iste’mol tovarlaridir. Bular sirasiga ommaviy aylanma tovarlar, ro‘zg‘orbop tovarlar va boshqa iste’mol mollari keng va xilma-xil turlari kiradi. Aftidan, odatdagi iste’molchi brendlar masalasida bezovta bo‘lavermaydi, uni tovar narxi va bemalol sotib olish imkoniyati ko‘proq qiziqtiradi. Tamaki mahsulotlari bundan mustasno. Chunonchi, tamaki mahsulotlari birmuncha qimmat turishi va sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinishiga qaramasdan, bu mahsulotlardan brendga iste’molchilar bog‘lanib qolishi yuqori darajasida foydalaniladi.
KUPON — bosma reklama, broshyura yoki katalog sahifasidagi javoblar uchun bir shakldir. Kuponning asosiy funksiyasi mijoz yoki kitobxonga axborot talab qilish yoxud savdo agentining telefon qo‘ng‘irog‘iga buyurtma berish, namoyish etish o‘tkazilishini yoki mahsulotning o‘zini buyurtmalash imkoniyatini havola etishdir. Kupon o‘quvchi o‘z xohish-istagi va shaxsiy axborotlarini ko‘rsata oladigan bir ko‘rinishda bo‘lmog‘i lozim. Ana shundan keyin kupon bosma sahifadan qirqib olinadi va pochta orqali reklama beruvchiga jo‘natiladi.
Bir qarashda kupon reklama e’lonida berilgan javob uchun ancha ibtidoiy bir vositadir. Amaliyotda esa aynan shuning uchun ham reklama e’loni yaratiladi. Biroq juda ko‘p hollarda u sifatsiz va samarasiz bo‘ladi, shuning uchun ham ayrim reklama beruvchilar ularning reklamasi mutlaqo samara va natija keltirmasligiga qat`iy ishonadilar.
Devid Ogilvi ta’kidlashicha, kuponlardan eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish uchun ularni jajji reklama xabarlari ko‘rinishida tuzish kerak. Ajoyib maslahat! Shunday ekan, har bir kuponni mijozlarga naf yoki foyda havola etuvchi ilhomlantiruvchi — motivatsiyalovchi sarlavha bilan ta’minlash kerak. Unga o‘quvchilarni harakat qilishga undovchi matndan bir-ikki satr joylashtirmoq kerak bo‘ladi.
Reklama beruvchi o‘quvchiga mahsuloti qanday ko‘rinishda ekanligini havola etishi lozim. Buning uchun esa ko‘p joy talab etilmaydi — mahsulotning miniatyuradek — jajji tasviri ham kifoya qiladi. Hatto mitti rasmli ilova ham o‘quvchilar aks sadosini sezilarli oshirishi mumkin. Ana shundan keyin o‘quvchilarni harakatga undash lozim. Masalan, shunday savol qo‘yish mumkin: Keyingi uch oy ichida yuqorida bayon etilgan muhim qoidalarga mos ravishda amalga oshirilgan kuponlardan qanchasini ko‘rishga muyassar bo‘ldingiz?
Kuponlar bilan bog‘liq bo‘lgan bir muammo shundaki, reklama beruvchilar respondentlar — so‘raluvchilardan aynan qanday axborotlarni olishni xohlaydilar? Basharti, reklama beruvchi kuponni reklama e’lonining o‘ziga qo‘shib qo‘yishga qaror qilgan bo‘lsa, bu holda u o‘z ma’lumotlar bazasi uchun kuponning qimmatini inobatga olishi lozim. Shu bois kuponlardan ma’lumotlar bazasini tuzishda foydalaniladi, reklama beruvchi esa respondentlardan so‘rab olinadigan axborotlar muhim ekanligini hamisha inobatga olishi kerak.
Kupon, ayni mahalda, qimmatli qog‘ozlarning bir turi. Qirqib olinadigan talon sifatida egasi unda ko‘rsatilgan muddat ichida biron narsa, mahsulot yoki xizmat olish huquqini beradi. Mohiyati o‘zgarmaydi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KUNDALIK ISTE’MOL VA TALAB TOVARLARI; KUNDALIK ISTE’MOL MOLLARI

Download 0,64 Mb.