|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 459/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KVOTATIV SOLIQLAR — daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar.
KO‘NGILLI SIL SILA (ingl. Voluntary chain) — birgalikda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan mustaqil chakana sotuvchilar guruhi. Ular o‘z resurslari bir qismini o‘zaro baham ko‘radi, qo‘shimcha sarf-xarajat va chiqimlarni o‘zaro taqsimlaydi va yagona mushtarak xaridor sifatida ish ko‘radi. Buning sharofatidan ular mahsulot yetkazib beruvchilar havola etgan chegirmalardan foyda topadi, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarda kuch pozitsiyasida ish ko‘radi, xarid narxlarini pasaytirishga erishadi. Bu narsa ularga bozordagi yirik ishtirokchilar, masalan, supermarketlar tarmoqlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida SPAR deb nomlangan tuzilma keng tanilgan ko‘ngilli silsila hisoblanadi. Bu termin “ko‘ngilli guruh” nomida ham uchraydi. Ko‘ngilli silsila yoki ko‘ngilli guruh barcha mamlakatlar bozorlarida uchraydigan tarixiy bir hodisadir.
KO‘P MILLATLI KORPORATSIYALAR (KMK) - bosh kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli mamlakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
KO‘P TOMONLAMA TEXNIK HAMKORLIK — texnik yordam oluvchi mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo‘shma loyihalar shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
KO‘P TOMONLAMA SHARTNOMALAR — ikkitadan ortiq shaxslar ittifoqida tuziladigan shartnomalar. Ko‘p tomonlama shartnomalar fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar ishtirokida tuzilishi mumkin. Ikkitadan ortiq xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomada mustaqil taraf sifatidagi ishtirok etishi ham ko‘p tomonlama shartnomalar deyiladi. Ko‘p tomonlama shartnomalar sub’ektlar ishtiroki cheklangan va umumiy yoki universal shartnomalarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p tomonlama shartnomalar davlatlarning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, xalqaro huquqga tinchlik va xavfsizlik kabi normalarning belgilanishi, kodifikatsiyalashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p tomonlama shartnomalarga: a) hamma davlatlar yoki ko‘pchilik davlatlar ishtirokchilari bo‘lgan xalqaro hamjamiyat va ishtirokchilar manfaatlarini ifodalovchi universal; b) ma’lum bir mintaqa manfaatlarini ifodalovchi va ular tomonidan belgilangan masalalarni tartibga soluvchi mintaqaviy shartnomalarga; v) BMT Ustavi 51-moddasida belgilangan, jamoa o‘z-o‘zini muhofaza qilish shartnomalariga va g) davlatlar o‘rtasidagi belgilangan masalalarni tartibga soluvchi shartnomalarga bo‘linadi.
|
| |