|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 458/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KVAZI SHARTNOMA (lot.) — majburiyat shaxsga uncha bog‘liq bo‘lmagan yoki uning shartnoma munosabatlariga kirish niyatiga qarshi holda yuklatiladigan shartnoma. Shunday shartnomalarni kvazi shartnoma deb ataladi, bu nom juda qulay tanlangan, chunki u bu majburiyat haqiqiy shartnoma emasligini va haqiqiy shartnomalar bilan almashtirilmasligini ko‘rsatadi.
KVESTOMANIYA (ingl. Questo-manici) — kishi tadqiqotlarda respondent sifatida ishtirok etishga tushunarsiz qiziqish va ishqibozlikni his etadigan bir kasallik. Kvestiomanlardan olingan axborotlar shubhali bo‘ladi.
KVESTOFOBIYA (ingl. Questo-phobia) — respondent sifatida savollarga javob berayotganida inson tushunarsiz qo‘rquvni his etadigan kasallik. Kvestofoblarni savollarga javob berishga majbur qilishning amalda iloji ham bo‘lmaydi.
“KVIPROKVO” - birja ishidagi chalkashlik.
KVOTA – 1) davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarni joriy etilishi. K. shartlarini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jihatdan jazolanadi. K.o‘rnatishdan maqsad bozordagi narx-navoni tartibga solib turishdir; 2) K. (lot.) — o‘rganilayotgan jarayonning umumiy hajmidagi ko‘rsatkich hissasi. Masalan, import kvota u yoki bu mamlakatdan olib kelish cheklangan tovarlar va xizmatlar hissasi. Ishlab chiqarish kvotasi — kompaniyalar uchun ularning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi tovarlar va xizmatlar hissasi. Immigratsion kvota — u yoki bu mamlakatdan, hududdan kelishga ruxsat berilgan immigrantlarning umumiy sonini aniqlash. Cheklangan kvota jamoatchilik fikrini bilishda keng qo‘llaniladi. Aholi jinsi, yoshi, qaysi millatdanligi, daromad hajmiga qarab guruhlarga bo‘linishi mumkin. Har bir guruhdagi tanlab olingan kishilar soni umumiy aholiga nisbatan ushbu guruh xissasiga mos kelishi kerak; 3) K. davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarni joriy etilishi. Kvota shartlarini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jihatdan jazolanadi. Kvota o‘rnatishdan maqsad bozordagi narxnavoni tartibga solib turishdir.
KVOTALASH - 1) Xalqaro savdoni tartibga solish, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini ta’minlash maqsadlarida tovarlarni eksport va importini chegaralash. Tovar savdosini notarif tartibga solish usuli hisoblanadi.2) K. - tovarlar eksporti yoki importini muayyan vaqt mobaynida ma’lum miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklash.
|
| |