|
KREDITORLIK QARZLARINING AYLANISH KUNI
|
bet | 454/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KREDITORLIK QARZLARINING AYLANISH KUNI – kreditorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kalendar kuniga ko‘paytirish va sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
KRIMINAL XATTI-HARAKAT – qonunlarga zid keluvchi harakat yoki harakatsizlik. Bozor munosabatlarining rivojlana borishi, iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik sohasidagi qonunlarning liberallashuvi hamda demokratlashuvi oqibatida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilikning birmuncha kengayishi, amaldagi qonunlarni inkor etgan holda boylik orttirishga intilish hollari kuchayishi mumkin.
Bank va moliya sohasida kriminal xattiharakatlar miqyosi nisbatan keng bo‘lib mansabdor shaxslarni g‘arazli maqsadlarda o‘z vakolatlarini suiste’mol qilishlaridan tortib, to ayrim tadbirkorlar tomonidan daromadlarni yashirishi, qonunga xilof bitimlar tuzish hamda boshqa shakllardagi huquqbuzarlik harakatlarini o‘z ichiga oladi. Kriminal xatti-harakatlar aybdor shaxslarning qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishlariga sabab bo‘ladi.
Jinoiy unsurlarning o‘zaro birlashuvi hamda jinoyat sodir etishni osonlashtirish, jinoyat izlarini yashirishi, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida muayyan tashkiliy-boshqaruv tarkiblarini vujudga keltirishlari.
Bank-moliya sohasidagi kriminal tuzilmalarning vujudga keltirilishi davlat va jamiyat uchun xavf tug‘diradigan hodisa bo‘lib, moliyaviy mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq foydalanishiga jiddiy ziyon yetkazadi, korrupsiyani avj olib ketishiga sharoit tug‘diradi, mamlakatda pul muomalasini izdan chiqaradi va oxir-oqibatda iqtisodiy hayotda beqarorlik vujudga kelishiga olib keladi.
KRIZIS (yunon. krisis-hal etish, oqibat) - inqiroz.
KRONA (tangalar rasmi tushirilgan “toj” so‘zidan kelib chiqqan) - 1. Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda zarb etilgan qadimgi oltin tanga; 2. Buyuk Britaniyada 1871 - yilga qadar muomalada bo‘lgan ingliz kumush tangasi; 3. Avstriya-Vengriya, Avstriya va Vengriyaning sobiq pul birligi; 4. Daniya, Islandiya, Norvegiya, Chexiya, Slovakiya, Shvetsiya pul birligi.
|
| |