|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 450/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KREDIT AKSEPT DASTURI - veksel ta’minoti asosida kredit berish bilan bog‘liq dastur. Bunday dasturlar mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish muddatlari o‘rtasidagi tafovutni tugatish maqsadida chetga mahsulot chiqaruvchiga kredit ajratishda qo‘llaniladi.
KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI — kredit byurosi, kredit axboroti sub’ekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorlik.
KREDIT AXBOROTI SUB’EKTI — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha qarz oluvchi (qarz-dor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qo‘yuvchi, shuningdek sug‘urtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
KREDIT AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHI — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi, shuningdek sug‘urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
KREDIT AXBOROTINI YETKAZIB BERUVCHI — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
KREDIT BERISH — shartnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan amaliyot. Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga fuqaro yoki yuridik shaxsga(qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.
KREDIT BITIMI –1) kredit berishlik haqida tuzilgan shartnoma. Unga ko‘ra beriladigan kredit summasi, berish tartibi va muddati, olinadigan foizlar, kredit berish shartlari. Qaytarilish shartlari, taraflarning javobgarligi, ularning rekvizitlari belgilab qo‘yiladi; 2) K.b. — kredit berishni ko‘zda tutuvchi shartnoma. K.b. kredit summasi, tartibi va uni berish muddatlari, kreditlash shart-sharoitlari, foiz stavkasi hajmlari, tomonlarning mas’uliyati, kreditorlar va qarzdorlar, rekvizitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi; 3) K.b. — kredit, qarz, lizing, faktoring, sug‘urta shartnomasi hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovni bo‘nak (oldindan to‘lash), kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar; 4) Êredit kelishuvi (bitim) — kreditlarning miqdori, shakli va berish shartlarini aniqlovchi kelishuv (bitim).
|
| |