• KORRESPONDENT MUNOSABATLAR
  • KORXONA JAMOASINING MULKI
  • KORXONA SIYOSATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet446/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KORRESPONDENT (nem., fr.) — bank yoki boshqa moliya tashkiloti bo‘lib, mavjud shahar yoki mavjud mamlakatda xuddi shunday boshqa tashkilot manfaatini ifodalaydi. Korrespondent munosabatlar kredit muassasalari o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari bo‘lib, ularning maqsadi birovbirovlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iboratdir. Korrespondent munosabatlarni o‘rnatish uchun kredit muassasalari o‘zaro hisobkitoblar qaysi hisoblar bo‘yicha amalga oshirilishi xususida xatlar almashishadi, kelishib olishadi, vazifador shaxslar namunaviy imzolari, komission mukofot tariflari almashishadi.
    KORRESPONDENT MUNOSABATLAR - birov-birovlarining topshirig‘iga asosan to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadi bo‘lgan kredit muassasalari o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari. Kredit muassasalari o‘zaro o‘rnatgan K.m. korrespondent deyiladi.
    KORPORATIV OBLIGATSIYALAR - ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.
    KORXONA – bu ijtimoiy mehnat taqsimotining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, tovar ishlab chiqaruvchi sifatida milliy iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inidir.
    KORXONA JAMOASINING MULKI – ishchi va xizmatchilar jamoasi davlatdan yoki xususiy mulk sohibidan sotib olgan va umumlashtirib, birgalikda o‘zlashtiriladigan mulk.
    KORXONA MULKI — asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zahiralarining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.
    KORXONA SIYOSATI — faoliyat yo‘nalishlarini, rahbarlik qiluvchi tarkib tomonidan qabul qilingan qarorlar va nazorat metodlarini belgilab beruvchi asosiy ta’kidlovlar va tushunchalarni o‘zida ifoda etadi. Korxona siyosati bir necha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ta’minot siyosati, ish haqi siyosati, marketing siyosati, kadrlar siyosati, kommunikatsiya siyosati, qo‘llab-quvvatlash siyosati, ochiq eshiklar siyosati. Siyosat korxonani boshqarishning har bir darajasida mavjud bo‘lishi mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.