• KREDIT (lot. creditum-qarz)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet449/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOVERNOT (ing.) — broker tomonidan sug‘urta qildiruvchiga havfni o‘z bo‘yniga oluvchi sug‘urta qiluvchini ko‘rsatish bilan uning tuzgan sug‘urta shartnomasini tasdiqlash uchun beriladigan ma’lumotnoma.
    KON’YUNKTURA TADQIQOTLARI - bozorning yuzaga kelgan holatini, ularning o‘zgarishidagi an’analarni aniqlashni tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bu tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning eng original strategiyasini ishlashga imkon beradi.
    KREDIT (lot. creditum-qarz) - 1) jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui; 2) kirim-chiqim daftarining chiqimlari; 3) qarzga mol berish, shuningdek, qarzga beriladigan mol, pul; 4) ma’lum xarajatlar uchun chiqariladigan pul, mablag‘, Davlat K. davlatning zayom obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan qarz olishi. Bank, sug‘urta uyushmalari va aholining barcha tabaqalari kreditor bo‘lishlari mumkin. Bank K.pul ssudasi ko‘rinishidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan qarz. Tijorat K.bir tadbirkorning ikkinchisiga mahsulotning pulini keyin to‘lash sharti bilan sotish. Xalqaro K.davlatlar o‘rtasida qarz olish, qarz berish munosabatlari; 5) boshqa shaxsga pul mablag‘lari, tovarlar va boshqa boyliklarni ma’lum muddatga, qaytarish sharti bilan, haq olish (foizlar tarzida) evaziga vaqtincha topshirish. Xo‘jalik muomalasida bank krediti hamda tijorat krediti keng qo‘llaniladi.
    Bank krediti – bank tomonidan o‘z mijoziga ma’lum muddatga, qaytarilish sharti bilan, mijoz bilan kelishilgan haq evaziga beriladigan qarz, bu qarz belgilangan muddatda qaytarilishi shart.
    Bank krediti manbai bo‘lib banklar tomonidan jalb etiladigan mablag‘lar hisoblanadi. Bank krediti o‘z muddatlariga ko‘ra: qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1-3 yilgacha) va uzoq (3 yildan ko‘p) muddatli bo‘lishi mumkin. Bank bilan uning mijozi o‘rtasidagi kredit bitimi agar olinayotgan mablag‘lar investsiya maqsadlariga sarflanadigan bo‘lsa bir yil yoki undan uzoqroq muddatga, maqsadlarga (vaqtinchalik ehtiyojni qondirish, aylanma mablag‘lar o‘rnini to‘ldirish va hokazo) berilayotganida esa qisqa muddatlarga tuziladi. Tovar moddiy boyliklari yuzasidan berilayotgan kreditlar ushbu tovar moddiy boylikari yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar garovi evaziga beriladi.
    Kredit olayotgan korxona bankka buxgalteriya balanslari hamda kredit evaziga olingan tovar moddiy boyliklarning mavjudligi haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishi lozim. Bank krediti shuningdek, ko‘chmas mulklar garovi evaziga ham berilishi mumkin.
    Qarz oluvchining yetarli darajada ishonchli emasligi sababli uchinchi shaxslar yoki davlat kafolati asosida ham bank krediti berilishi mumkin.
    Tijorat krediti – korxona vaqtincha bo‘sh mablag‘lari bo‘lgan boshqa korxona tomonidan vaqtincha, qaytarilish sharti bilan va haq evaziga beriladigan qarz. Tijorat krediti odatda kundalik hisob operatsiyalari uchun ishlatiladi, boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin; 6) K. (lot.) Ssuda kapitali xarajati shakli, ma’lum maqsadga va muddatga qaytarish va foiz to‘lash sharti bilan beriladigan tovar va pul shaklidagi ssuda kreditor va zayomchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. K. quyidagi shakllari farq qiladi; tijorat, davlat, bank iste’mol, xalqaro. Tijorat K. bo‘lgan zaruriyat ishlab chiqarish va kapital muomalasi vaqtining mos kelmasligi natijasida ro‘y beradi. Ishlab chiqarilgan tovar sotib oluvchida naqd pul bo‘lganligi oqibatida sotilmay qoladi. Tijorat K. odatda qisqa muddatli bo‘ladi. Davlat kreditini odatda davlat taqdim etadi. Bank K. bank tomonidan pul ssudalari tarzida tadbirkorlarga, korxonalarga beriladi. Iste’mol K. aholiga shaxsiy iste’mol predmetlarini sotib olishni bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun beriladi; 7) buxgalteriya hisobining o‘ng tomoni bo‘lib, bunda hisob xarakteriga bog‘liq holda hisobga olinadigan summaning ko‘payishi yoki kamayishi ifodalangan bo‘ladi; 8) K. – o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlardir; 9) K. – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklda to‘plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish; 10) K. – foydalanilmayotgan pullarni banklar tomonidan ssuda fondi sifatida jamg‘arish va ularni takror ishlab chiqarishda foydalanish uchun qarzga berish; 11) K. – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma`lum muddatga, haq to‘lash shart bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir; 12) K. — o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari ni boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to‘lash sharti bilan olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatdir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.