• KORPORATSIYA YOKI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
  • KORPORATSIYALARNING DAROMADIDAN OLINADIGAN SOLIQ
  • KORPORATSIYALARNING FOYDASIGA SOLIQ
  • KORPORATSIYANING O‘ZIGA XOS JIHATLARI (ingl. Corporate fld entry)
  • KORRELYASIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet445/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KORPORATSIYA (lot. corporatio — birlashma) — 1) biror guruhning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan birlashma (sexlar, gildiyalar, yirik monopolistik birlashmalar); 2) K. (lot.) — qonun asosida ma’lum maqsad bilan tuzilgan, a’zolarning meros qilib olishligi hisobiga faoliyat qiluvchi bitta yoki o`ndan oshiq jismoniy shaxslardan tashkil topgan yuridik shaxs; 3) bu a’zolarning u yoki bu manfaatlarning himoya qilish maqsadida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatining shaklidir.
    KORPORATSIYA YOKI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT — hozirgi vaqtda kapitalistik korxonaning eng ko‘zga tashlanadigan va iqtisodiy munosabatda yuridik tashkilotning ustunlikka ega bo‘lgan shakli. K.m.ch.j. asosida yotuvchi asosiy huquqiy prinsip firma egasining cheklangan mas’uliyati, bu sheriklar faqat aktivlar hajmidagi majburiyatlar, ya’ni firmaning o‘z mulki bo‘yicha javob berishligini bildiradi. Demak, mas’uliyat firma sheriklarining boshqa mulkiga yoyilmaydi.
    KORPORATSIYALARNING DAROMADIDAN OLINADIGAN SOLIQ — daromad solig‘i va foyda solig‘ining (ayrim mamlakatlarda) o‘rniga barcha kompaniyalarning foydasidan qat’iy foizda olinadigan soliq. Barcha korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Taqsimlanadigan dividendlar summalaridan ham soliq olishni taqoza etadi.
    KORPORATSIYALARNING FOYDASIGA SOLIQ - yuridik shaxslar daromadlariga soliq. Barcha kapitalistik mamlakatlarda amal qiladi. Proportsional stavkalar bo‘yicha soliq Deklaratsiyasi asosida olinadi. K.f.s. ob’ekti bo‘lib soliq qonunchiligi o‘rnatilgan summa va skidkalarni chegirib tashlagandan keyin yalpi foydaga teng bo‘lgan foyda xizmat qiladi. Chegirishlarga ishlab chiqarish, tijorat, transport xarajatlari, qarz bo‘yicha foizlar, zararlar, reklamaga ketgan xarajatlar, dividendlar va h.k. kiradi.
    KORPORATSIYANING O‘ZIGA XOS JIHATLARI (ingl. Corporate fld entry) — tashkilotning ichki xarakterini belgilovchi va uni bozorga havola etuvchi metodlar va usullardir. Barcha jihatlar mazkur tashkilotni boshqalar qay tarzda idrok etib qabul qilishiga ta’sir o‘tkazishi uchun astoydil o‘zaro ma’qullanadi va kelishtiriladi. Mo`‘tadil vaziyatda korporatsiyaning o‘ziga xos jihatlariga tashkilot o‘zini moslashtirishiga imkon beruvchi jismoniy va tabiiy elementlar xos bo‘ladi. Bular orasida korporatsiya logotipi va ranglari taniqpi elementlardir.
    KORRELYASIYA — tadqiqot ma’lumotlari ikki turkumi o‘rtasidagi miqdoriy yoki sifatiy o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir. Masalan, oila va sof daromad o‘lchamlari, yoki shaxsiy avtomobil mavjudligi va kredit kartochkasidan foydalanish chastotasi (davriyligi).

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.