|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 441/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONVERSION MARKETING — marketing turlaridan biri. Konversion marketing xarakterli belgisi zarur shart-sharoit yaratib, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion marketing maqsadi ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi fuqaro va korxonalar salbiy munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni potensial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iborat. Buning uchun esa maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir.
KONVERTIRLANISH YOKI KONVERTATSIYA — valutaning oltinga almashinuvi; keng ma’noda — bir turdagi valutaning boshqa turdagi valutaga erkin almashinuvi; oddiy tilda — konvertatsiya; qimmatbaho qog‘ozlar bozorida esa aksiya va obligatsiyalarning boshqa xil obligatsiya va aksiyalarga erkin almashinuvi.
Konvertatsiyalanadigan valuta — milliy pul birligining qonun bilan belgilangan tartibda almashinuvi, davlatning aralashuvisiz uni chet el valutasiga almashinuvi yoki chet el valutasining milliy valutaga almashinuvi. Konvertirlanish darajasi davlat tashkilotlarining valutani cheklash bo‘yicha qo‘llaydigan qattiqqo‘lligiga teskari nisbatdadir. Pul birligining boshqa pul birligiga almashinuvi — davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, xalqaro savdo va hisobkitoblarda juda ahamiyatlidir. Valutaning konvertirlanishi ishlab chiqarish jarayonining natijasi emas, balki uning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar natijasidir.
Mamlakatimizda bu xil sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqarishni zamonaviy texnika bilan ta’minlash, ishlab chiqarishning sifat va samaradorlik darajasi jahon talablariga mos bo‘lishiga erishish, mahsulotlarning raqobatbardosh bo‘lishi, chetga mol chiqarish (eksport) sistemasi rivojlanishi, ichki bozordagi narx-navo tarkibini xalqaro narxlarga moslashtirish, to‘lov muvozanatini ta’minlash, xo‘jalik yuritishning ichki bo‘g‘inlarida bozor munosabatlarini rivojlantirish lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish pulning konvertirlanishini taqozo etadi. Bunga erishmoq uchun sekin-asta, bosqichma-bosqich, konvertirlashning cheklangan ko‘rinishlaridan bozor mexanizmini tobora kuchaytirishga o‘tish lozim. Ana shundagina qisman konvertirlash usuli orqali pulning to‘liq konvertirlanishiga erishiladi.
Konvertirlanuvchi obligatsiyalar — sarmoyadorga uning moliyaviy qo‘yilmalarining xavfsizligini va barqaror daromad tushumini ta’minlaydi, kompaniyaning rivojlanishi bilan birga, uni iqtisodiy xatardan saqlashga harakat qiluvchi sarmoyadorlarga qo‘l keladi. Hatto, bunday sarmoyadorlar obro‘-e’tibor uchun konvertirlanuvchi obligatsiyalarni oddiy aksiyalarga almashtirishga rozi bo‘ladilar. Ko‘pgina konvertirlanuvchi obligatsiyalarda sarmoyadorlarni konversiyalar bo‘yicha rag‘batlantirish uchun konversiya bahosi ko‘rsatiladi.
Konvertirlanadigan prefaksiyalar — alohida imtiyozli qimmatbaho qog‘ozlardir.
Erkin konvertirlanuvchi valuta — milliy valutaning erkin va cheklanmagan miqdorda boshqa xil valutalarga almashinuvi. Qisman konvertirlanuvchi valuta — milliy pul birligining ma’lum bir chet el valutalariga almashinuvi va undan ba’zi bir to‘lov vositalari sifatida foydalanilishi. Almashtirilmaydigan (berk) valuta — bir mamlakat doirasida amal qiladigan va boshqa chet el valutasiga almashtirilmaydigan milliy pul birligidir.
Valutaning sifati uning boshqa pul birliklariga almashinuvi bilangina belgilanmaydi. Zero, xalqaro hisob-kitob ishlarida ma’lum bir pul birligi bajaruvchi vazifalar, jahon valuta tizimidagi uning o‘rni va ahamiyati qandayligi bilan belgilanadi.
Jahon miqyosida har qanday chet el valutasiga bemalol almasha oladigan valuta — bu Lyuksemburg davlatining pul birligi — frankdir. Xalqaro valuta fondiga a’zo 152 mamlakatdan atigi 67 ta davlatning pul birligi savdo-sotiq munosabatlarida va 15 mamlakatniki esa moliya munosabatlarida to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi. Lyuksemburg davlati pul birligining konvertirlanish xususiyati katta bo‘lsa-da, jahon miqyosida kuchli hisoblanmaydi. Chunki, bu mitti davlatning o‘rni jahon tashqi savdo aloqalarida qariyb sezilmasdir. Kuchli valutalar qatoriga xalqaro hisob-kitob, tashqi savdo aloqalari, chet el sarmoyadorlari va xalqaro bahs hamda to‘lov muomalasini bajarish quvvatiga ega bo‘lgan erkin almashtiriladigan valutalar kiradi. Bular qatoriga AQSh dollari, Yevropa evrosi va Yaponiya ienasi kiradi.
O‘zbekiston o‘z milliy valutasini — so‘mni 1994 yildan muomalaga kiritdi va u jahon moliya va valutalar tizimida o‘z o‘rnini egalladi. Milliy so‘mimizning ichki bozorda va xalqaro maydonda “raqobatbardoshligi” mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi muvaffaqiyatlariga, mustaqillikni mustaqkamlash ishidagi yutuqlarimizga bog‘liq.
|
| |