|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 437/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KONTOKORRENT HISOB RAQAMI — bankning mijoz bilan olib boradigan barcha operatsiyalari hisobga olinadigan joriy hisobraqam. U o‘zida ssuda va joriy hisobraqamlarni mujassam etadi.
KONTOKORRENT KREDIT (ital.) — banklarning o‘zlarining doimiy mijozlari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida keng foydalaniladi. Kontokorrent bankning mijozlar bilan bo‘lgan barcha operatsiyalari hisobga olinadigan yagona hisobi. Bunda bir tomondan bank ssudalari va mijoz topshirig‘i bo‘yicha hisob raqamlardan beriladigan barcha to‘lovlar, ikkinchi tomondan esa bankka hissa tarzda mijozlardan tushadigan mablag‘lar, ssudalarning qaytarilishi va h.k. ifodalanadi.
KONTOKORRENT OMONATI — bankning mijoz bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalari hisobga olinadigan joriy hisob raqamdagi omonat.
KONTO - SEPARATO — alohida hisob raqam.
KONTR-AKTIV HISOB - bu u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv hisobning savdosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi hisobdir.
KONTRABANDA (ital. contrabando) - davlat chegarasidan mollar, qimmatbaho buyumlar va boshqa narsalarni qonunga xilof (yashirincha) olib o‘tish.
KONTRABROKER — bitim tuzilgan broker.
KONTRAKT (lot.) — 1) tovarlar va xizmatlarni oldi-sotdi shartnomasi. Tovarga bo‘lgan mulk huquqining sotuvchidan sotib oluvchiga o‘tganligini ko‘zda tutadi va quyidagi asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi: tovar yetkazib berish vositasi va hajmi (tovarning nomi va miqdori), tovarlar sifatini aniqlash usullari, tovar yetkazishning muddati va joyi, tovar yetkazishning bazis shart-sharoitlari, baho va umumiy qiymat, to‘lov shartlari, topshirish — qabul qilish tartibi, kafolat va jarimalar to‘g‘risidagi shartlar, arbitraj, fors-major, transport shart-sharoitlari, tomonlar manzillari, imzolar.
Tovarni yetkazish, mulk huquqini va tegishli hujjatlarni sotib oluvchiga berish sotuvchining asosiy majburiyati hisoblanadi. Sotib oluvchining tovarni qabul qilishi va uni to‘lashi shart.
Xo‘jalik amaliyotida shartlarning asosiy qismi standartlashtirilgan tipovoy K. ko‘proq foydalaniladi. K. birjalar, savdo yoki ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalari ayrim yirik firmalar, monopoliyalar tomonidan ishlab chiqiladi. Tipovoy K. ishlash kelishuvga tegishli shartlar sonini qisqartish bilan maksimal qisqa muddatda muzokara olib borishga imkon beradi, ayrim holatlarni noto‘g‘ri talqin qilish natijasida vujudga kelgan munozaralar ehtimolini kamaytiradi. Hozirgi zamon aloqa vositalarini rivojlantirish munosabati bilan tipovoy K. qo‘llash teleks va telefaks bo‘yicha bitimlar tuzishga imkon yaratdi, bu baholarning keskin va katta o‘zgarishi uchun xarakterli bo‘lgan tovarlar uchun ayniqsa xarakterli hisoblanadi. Natijada tovar oboroti tezlashadi va muomala xarajatlari kamayadi. Amal qilish vaqti bo‘yicha oldi-sotdi K. qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. 2) mamlakatlar, firma,korxona va boshqalar o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama yozma kelishuv, shartnoma.
|
| |