• KONSIGNATOR
  • KONSIGNATSION AGENT
  • KONSIGNATSIYA (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet433/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KONSIGNANT (lot.) — 1) chet elda joylashgan omborlardan konsignatsion savdoni tashkil etishga topshiriq beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. K sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotning realizatsiya qilish nomenklaturasini va uning minimal bahosini aniq belgilashi kerak. K. konsignatsion omborga tovarlarni konsignator bilan kelishilgan assortimenti va miqdorda o‘z vaqtida yetkazib berishga hamda omborxonalarida saqlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga majbur. K. konsignatsiya bilan shartnoma bo‘yicha realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ular sotilgan paytga yoki unga ularning to‘langan mablag‘ tushgunga qadar) egasi hisoblanadi. 2) xorijga vositachi orqali sotilayotgan mahsulot egasi. 3) komissioner (konsingator) orqali chegara ortiga sotiladigan mulk (tovar) egasi.
    KONSIGNATOR - 1) mahsulot egasidan haq olish evaziga uning mahsulotini o‘zining xorijdagi omboridan o‘z nomidan sotuvchi vositachi. 2) chet elda joylashgan omborlardan o‘z nomidan yoki konsignant hisobidan konsignatsion savdoni tashkil etish topshirig‘ini bajarish majburiyatini o‘z bo‘yniga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. K. funksiyasiga savdoni tashkil etish uchun xonalarni tayyorlash, personalni yollash kiradi. U konsignatsion omborda turuvchi tovarlarni saqlashga javobgar hisoblanadi, ularni sug‘urta qilishni tashkil etadi.
    KONSIGNATSION AGENT — ingliz savdo amaliyotida tovarlar sotish, tovarlar sotib olish yoki tovar bilan ta’minlash shartida pul qarz olib turish vakolatlariga ega bo‘lgan agent. Konsignatsion agent uchun xarakterli jihat shundaki, prinsipialning tovarlariga yoki tovarlarni taqsimlashga oid hujjatlariga egalik qiladi, shunday ekan, u tomonidan amalga oshirilgan har qanday sotuv yoki tovarni tasarruf etish bo‘yicha har qanday harakat konsignatsion agent munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan haqqoniy sanaladi.
    KONSIGNATSIYA (lot.) — 1) Tovarlarni komission sotish shakli, bunda ularning egalari (konsignant) tovarni komissioner omboridan sotish uchun komissionerga (konsignatorga) beradi; 2) Tovarlarni vositachilarning konsignatsion omborlari orqali sotish shartlari. Tovarni omborda saqlash va uni sotish oldidan tayyorlash sotuvchi hisobidan amalga oshiriladi. Tovarlarni omborga qo‘yish sotib oluvchi bilan sotish kontraktiga qadar bajariladi. K. sharti shundan iboratki, tovar vositachi omborida bir va bir yarim yil saqlanadi. Agarda shu davr ichida tovar sotilmasa, u mulk egasiga uning o‘zi hisobidan qaytariladi; 3) bir tomon (konsegnant) topshirig‘i bilan ikkinchi taraf (konsegnator) o‘z nomidan, ammo konsignant hisobidan chet eldagi omborda bo‘lgan tovarlarni sotish. 4) mahsulotlarni vositachilar ombori orqali sotish shakli. Bunda yetkazib beruvchi vositachi omboriga kelib tushgan mahsulotga egalik qilish huquqini mahsulot xaridorga sotilgan paytga qadar saqlab qoladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.