|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 430/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)1. Sof konkurentsiya — sof K. bozor ko‘plab bir-biriga o‘xshash bo‘lgan tovarni sotuvchilar va sotib oluvchilarni paydo qiladi. Sotuvchilar va sotib oluvchilardan birontasi ham alohida tovarning joriy bozor bahosi darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
2. Monopolistik konkurentsiya — monopolistik K. bozori baholarning keng diapazonida bitimlarni amalga oshiruvchi ko‘plab sotib oluvchilar va har xil tovarlarni taklif etish qobiliyati bilan taqozo etiladi. Buyumlar birov-birovidan sifati, xususiyati, tashqi bezagi va tegishli xizmatlar assortimenti bo‘yicha farq qiladi. Sotib oluvchilar farqlarni ko‘radigan va tovar uchun bozorda qayd etilgan eng yuqori bahoni to‘lashga tayyor turadilar.
3. Oligopolistik konkurentsiya — oligopolistik bozor baho belgilash siyosatiga va marketing strategiyasiga juda ham sezgir, ko‘p bo‘lmagan sotuvchilar sonini tashkil etadi. Oligopolistik bozor ishtirokchilarining unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdori shunday bozorga kirib olishning qattiq shart-sharoiti bilan taqozo etiladi. Oligopolistik bozorning amal qiluvchi belgilaridan biri shundan iboratki, uning ishtirokchilari baholar oshishining uzoq muddatli ijobiy natijasiga hisobkitob qilmaydilar, chunki raqobatchilar ularni pasaytirishga majbur qiladilar. U yoki bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarga bog‘liq holda K. bir xil bo‘lmagan xili va turlarini ajratish mumkin. Masalan, xususiy mulkka asoslangan xo‘jaliklarda ularning bir necha asosiy turlari mavjud: oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar, yakkaxo‘jalik kapitallari, monopoliyalar, milliy kapitallar, internatsional kapitallar.
KONKURENTOSPOSOBNOST (raqobatbardoshlik) (tovar) (lot.) — Raqobatchi tovariga nisbatan mavjud tovar iste’mollilik va qiymat parametrlarining qiyosiy tavsifi.
KONKURENT VARAQALAR (lot.) — eksport va import qilinadigan mahsulotning baholari; texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, sifati va realizatsiya qilish tijorat shartlari to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiruvchi tashqi savdo axboroti turi. K. v. mahsulotni eksport va import qilishda tashqi savdo baholarini asoslash, takliflar ishlab chiqish va aniqlash uchun materiallarning muhim manbasi hisoblanadi.
|
| |