• KOMPYUTER SAVODXONLIGI
  • KONDOMINIUM
  • KONFEDERATSIYA (lot.)
  • KONFEKSION
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet428/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOMPYUTER REKLAMASI — axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga asoslanadi. Reklamada taklif qilinayotgan ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar banki katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda ma’lumotlarning hamma turlari, ya’ni matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajviy tasvirlar ishlatiladi.
    KOMPYUTER SAVODXONLIGI — bu kishining kompyuter tizimlari bilan ishlash sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarining yig‘indisi bo‘lib, kompyuter tizimidan optimal foydalanish imkonini beradi.
    KOMMUNIKATSIYA — 1) aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanma. 2) axborot uzatish usullari va vositalari.
    KONDITSIYA – 1) xaridorlar bozorda sotish imkoniyatlari nuqtai nazaridan mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari va sifatiga nisbatan qo‘yadigan talablar yig‘ndisi; 2) yetkazib berish shartnomasiga ko‘ra muayyan mahsulot mos kelishi lozim bo‘lgan mezon, me’yor va sifat.
    KONDOMINIUM – 1) ko‘chmas mulkka birgaliqda egalik qilish; 2) bir hududning bir nechta mamlakatlar tomonidan birgalikda boshqarilishi.
    KONDOR - Janubiy Amerikaning ba’zi mamlakatlarida oltin standarti bekor qilingunga qadar muomalada bo‘lgan ispan oltin tangasi. U birinchi bor Chilida 1851 yilda chiqarilgan.
    KONFEDERATSIYA (lot.) — 1) o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan va faqat o‘zlarining ayrim harakatlarini (odatda tashqi iqtisodiy va harbiy) koordinatsiya qilish uchun birlashuvchi davlatlar ittifoqi. K. da odatda yagona hudud va yagona fuqarolik bo‘lmaydi; 2) qandaydir tashkilotlarning ittifoqi, birlashmasi (masalan, Xalqaro Mehnat Konfederatsiyasi); 3) mustaqil davlatlar ittifoqi.
    KONFEKSION - tayyor kiyim-kechak bilan savdo qiluvchi do‘kon yoki uning bo‘limi.
    KONFIDENSIAL AXBOROT — 1) mamlakat qonunchiligi bilan foydalanish cheklanadigan hujjatlardagi axborot; 2) foydalanuvchilar tomonidan foydalanish huquqi cheklangan axborot. Shu tufayli, undan ruxsatsiz erkin foydalanish muhofazaga muhtoj; 3) xizmat, kasbiy, tijorat va boshqa turdagi axborot. Qonunlar asosida huquqiy marom uning mulkdori tomonidan o‘rnatiladi. U muhofazaga muhtoj.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.