• KOMISSION MUKOFOT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet425/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    KOMMERTSIYA (lot.) — sotish yoki tovarlar va xizmatlarni sotishga ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat.
    KOMISSIONER (fr., lot.) — tuzilgan bitimga binoan komitent topshiriq bo‘yicha vositachilik rolini o‘ynovchi va komission xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Tovar bozorida K. tovarni sotgan bilan mulkka ega bo‘la olmaydi. Komitentdan unga xizmatlar ko‘rsatilgani uchun olinadigan komission mukofot K. daromadi hisoblanadi.
    KOMISSIYA (lot.) 1) Bir tomon (komissioner) boshqa tomon (komitent)ning topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, ammo komitent manfaatlari uchun va uning hisobidan mukofot uchun bitim tuzish majburiyatini oluvchi shartnoma, shunday bitimni amalga oshirganlik uchun haq; 2) Bank amaliyotida mijozlar topshirig‘i bo‘yicha va ular hisobidan bajariladigan operatsiyalarni o‘tkazganlik uchun tijorat bankiga to‘lanadigan haq.
    KOMISSION MUKOFOT — sotuvchilar yoki savdo kompaniya vakillari to‘lov tizimi, bunda ish haqi hajmi bevosita yoki bavosita aylanma miqdoriga, ularning mehnat bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. K.m. har xil turlari qo‘llaniladi: 1) liniyali K.m. — sotuvchi yoki vakil qanday tovarlar miqdorini sotishiga bog‘liq holda hech qanday o‘zgarishsiz oborotdan ma’lum foizni to‘lash; 2) degressiv K.m. — oborot ko‘payishi bilan ma’lum foizni to‘lash; 3) progressiv K.m. — sotish hajmi o‘sishi bilan sotuvchiga yoki vakilga to‘lanadigan K.m. stavkasi oshadi; 4) foyda asosidagi K.m. — ish haqi yalpi oborot emas, balki foyda asosida hisob-kitob qilinadi.
    KOMISSION UY — komission mukofot olish maqsadida fyuchers birjasida mijozlar uchun oldi yoki sotti topshiriqlarini bajarishga ixtisoslashgan vositachi firma; u o‘z hisobidan bitimni amalga oshirmaydi. K.u. savdo firmalari emas, balki xususiy shaxslar topshirig‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
    KOMITENT (lot.) — boshqa tomonga (komissionerga) mukofot uchun komissiyaga tovarlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va h.k. bilan bir yoki bir necha bitimlarni amalga oshirishni topshiruvchi komissiya shartnomasidagi tomon. Bitim komissioner nomidan, ammo K. manfaatlari va uning hisobidan tuziladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.